|
Korxonaning pul oqimini tahlil qilishda moliyaviy tahlil quyidagi vazifalarni bajaradi
|
bet | 256/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Korxonaning pul oqimini tahlil qilishda moliyaviy tahlil quyidagi vazifalarni bajaradi:
pul mablag‘larining harakatiga to‘g‘ri, aniq va xolisona baho berish;
operatsion faoliyatdagi pul mablag‘larining harakatiga baho berish;
korxonaning joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyatlari bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimini va chiqimini aniqlash hamda baho berish;
pul mablag‘lari kirimi bo‘yicha manbalarini, chiqimi bo‘yicha harakatlarining tarkibini chuqur o‘rganish;
pul mablag‘lari miqdorining optimal variantini aniqlash;
korxonaning valuta mablag‘lari harakatini o‘rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
korxonani sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish imko- niyatlarini aniqlash va hokazolar.
Umumiy pul oqimlari tahlili
Pul mablag‘lari harakatini tahlil qilish moliyaviy ahvol va moliyaviy natijalarni tahlil qilish o‘rtasidagi tahliliy ish hisoblanadi. Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotdagi umumlashtirish obyekti korxonaning bank schotlari va kassadagi pul mablag‘lari hisoblanadi. Ushbu hisobotni tuzishda pul mablag‘larining ekvivalentlari ham pul mablag‘lariga tenglashtiriladi. Pul mablag‘lari va ularning ekvivalent- larining muomalaga kirib kelishi va chiqib ketishi korxonaning operat- sion, investitsion va moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda ochib beriladigan pul oqimlarini tashkil qiladi.
Korxonalarda pul mablag‘larining harakati bir necha jarayonlar bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bugungi kunda korxonalarda pul oqimi asosan to‘rtta jarayon bo‘yicha sodir bo‘ladi. Bularga:
operatsion faoliyatida pul mablag‘larining sof kirimi (+), chiqimi (–);
investitsiya faoliyatidagi sof pul oqimlarining kirimi yoki chiqimi;
moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘larining sof kirim yoki chiqimi;
soliqqa tortish (to‘langan soliqlar).
Pul oqimlarini faoliyat turiga ko‘ra ajratish foydalanuvchilarning hisobot ma’lumotlariga nisbatan turli talablar bilan bog‘liq. Operatsion faoliyatda kompaniyaning xo‘jalik jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlab turish imkoniyatini baholash va ishlab chiqarish quvvatla-
rining kengayishi natijasida oborotning oshishi tendensiyalarini aniqlash muhim. Investitsiyalarga yo‘naltirilgan mablag‘lar bo‘lajak ishlab chiqarish quvvatlarining shakllangan xo‘jalik faoliyati darajasini va belgilangan rentabellik hamda likvidlik darajalarini qanchalik saqlay olish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi moliyaviy tusdagi ma’lumotlar kompaniya mulkdorlari va kreditorlarining kompa- niyada shakllantirilayotgan pul oqimlariga nisbatan kelgusidagi da’volari nuqtayi nazaridan qiziqish uyg‘otadi.
Quyida real sektorda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub- yektning misolida yuqoridagi jarayonlar bo‘yicha pul mablag‘larining harakatini ko‘rib chiqamiz.
jadval
|
| |