|
Umumiy pul oqimlari tahlili
|
bet | 257/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Umumiy pul oqimlari tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Pul mablag‘lari kirimi
|
Pul mablag‘lari chiqimi
|
Sum- ma, ming
so‘m
|
Jamiga nisbatan salmog‘i,
%
|
Summa, ming so‘m
|
Jamiga nisbatan salmog‘i,
%
|
1. Pul va unga tenglashtirilgan
mablag‘larning hisobot yil boshiga qoldig‘i
|
7657
|
0,21
|
-
|
-
|
2. Xo‘jalik faoliyatida pul mablag‘larining
kirimi (+), chiqimi (–)
|
3654697
|
99,95
|
2927038
|
80,09
|
3. To‘langan soliqlar
|
-
|
-
|
727646
|
19,91
|
4. Investitsiya faoliyatidagi sof pul
oqimlarining kirimi yoki chiqimi
|
1938
|
0,05
|
117
|
0,003
|
5. Moliyaviy faoliyatdagi sof kirim yoki
chiqim
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Jami pul mablag‘larining harakati:
|
3656635
|
100,0
|
3654801
|
100,0
|
Sof ko‘payish yoki kamayish
|
9491
|
0,26
|
-
|
-
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektining pul mablag‘lari harakatiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, joriy davrda korxonada jami pul mablag‘larining kirimi 3656635 ming so‘mni tashkil etib, shundan 99,95 foizi xo‘jalik (operatsion) faoliyatidagi pul mablag‘larining kirimiga to‘g‘ri kelmoqda. qolgan 0,05 % pul mablag‘larining kirimi investitsiya faoliyati hisobiga to‘g‘ri kelgan. Korxonaning jami pul mablag‘lari
chiqimi esa 3654801 ming so‘mni tashkil qilib, shundan, 2927038 ming so‘mi yoki 80,09 foizi xo‘jalik faoliyatidan bo‘lgan pul mablag‘larining chiqimiga, 727646 ming so‘mi yoki 19,91 foizi esa to‘langan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Buning natijasida korxonaning pul mablag‘lari qoldig‘i yil boshidagi 7657 ming so‘mdan yil oxiriga kelib 9491 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday natijalarni umuman olganda korxona uchun ijobiy baholasak ham bo‘ladi. Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, korxonada pul mablag‘larining harakati faqatgina asosiy xo‘jalik faoliyatida bo‘lgan.
Xo‘jalik subyektlarining asosiy faoliyatidagi pul oqimlari tahlili
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlarini tahlil qilish nati- jasida pul mablag‘larining taqchillik sabablari to‘g‘risidagi dastlabki xulosalarni qilish mumkin bo‘ladi.
Bunday sabablarga quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
xo‘jalik subyektlarining mol-mulk va mahsulot sotish rentabelligi pastligi;
soliqlar va turli to‘lovlarining yuqori ekanligi;
korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo‘lgan kapital xarajatlarining amalga oshirilishi;
me’yordan ortiqcha bo‘lgan zaxira va xarajatlarni tashkil etishga pul mablag‘larining yo‘naltirilganligi;
korxonalarda aylanma mablag‘lar aylanishining pastligi, ya’ni aylanma mablag‘larning aylanishi sekinligi hisobiga korxona oborotiga pul mablag‘larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb etilganligi;
balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to‘lovlariga yuqori miqdorda to‘lanmalar qilinganligi.
Bugungi kunda xo‘jalik subyektlarining umumiy pul oqimiga, aso- san, mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum dinamikasi, mol-mulkning iqtisodiy rentabelligi va qarz mablag‘lari bo‘yicha to‘langan foizlar summalari ta’sir etmoqda.
Ma’lumki, pul oqimlarining dinamikasiga baho berishda har bir mamlakatning o‘ziga xos xususiyalari va ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab baho beriladi. Hozirda iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda pul oqimlarining dinamikasini o‘rganish va ularga baho berishga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Respublikamiz iqtisodiyotida ham keyingi yillarda stabil o‘sish tendensiyasini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, pul oqimlari dinamikasida ham ijobiy o‘zgarishlar mavjud.
Ilmiy izlanishlarimiz natijasida shuni ta’kidlamoqchimizki, respub- likamizning xo‘jalik yurituvchi subyektlarida pul oqimlari dinamikasiga baho berish uchun quyidagi koeffitsiyentlar (ko‘rsatkichlar) o‘rganilishi va ularning natijalariga asoslanib baho berish lozim bo‘ladi (120-jadval).
|
| |