|
«Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da korxona moliyaviy resurs- laridagi barcha o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtayi-nazaridan aks ettiriladi
|
bet | 253/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da korxona moliyaviy resurs- laridagi barcha o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtayi-nazaridan aks ettiriladi:
xo‘jalik faoliyatida olingan pullar harakati;
olingan hamda to‘langan foizlar va dividendlar;
to‘langan soliqlar;
olingan va qo‘yilgan investitsiyalar;
aksiyalar va zayomlar, shuningdek, ijara majburiyatlari bo‘yicha tushumlar va to‘lovlar.
Kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘- laridagi barcha o‘zgarishlar shunday tartibda aks ettiriladiki, u pul mablag‘lari qoldig‘i bilan ularga ekvivalent bo‘lganlar o‘rtasida, ya’ni qisqa muddatli yuqori likvid investitsiyalar, erkin ayirboshlanadigan pul mablag‘lari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkonini beradi.
son shaklga «Valuta mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lu- motnoma» ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlar, valuta mablag‘lari tushumi va xarajati to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko‘p jihatdan real pul aylanmasiga bog‘liq. Korxonaning hisob-kitob va o‘zga hisob raqamlari orqali o‘tadigan pul mablag‘larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul mablag‘lari oqimi deyiladi.
Pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl «Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot» moliyaviy hisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi
«Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘ri- sida»gi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo‘lib, unda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib
tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuning- dek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Pul mablag‘lari oqimiga so‘m va valutadagi pul mablag‘lari kiri- tiladi. Shu tufayli 4-shakl «Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot» moliya hisobotida maxsus «Valuta mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma» bo‘lib, unda ularning davr boshi va oxiridagi qoldig‘i va ularning kelib tushish va sarflanish summasi ko‘rsatiladi.
Pul mablag‘lari oqimini o‘rganishda ishlatiladigan asosiy atamalar quyidagilardan iborat:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»da korxona moliyaviy resurs- laridagi barcha o‘zgarishlar pul mablag‘lari nuqtayi-nazaridan aks ettiriladi
|