|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 252/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Pul ekvivalentlari - bu pul mablag‘lariga o‘xshaydigan, lekin boshqacha tasniflanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari, tijorat qo- g‘ozlari va depozit sertifikatlardan iborat. Kechikishlar va jarima sank- siyalari pul ekvivalentlarini pul mablag‘lariga almashtirilishiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun, ekvivalentlar kassa hisobvarag‘idan olinadi. Ko‘pincha, pul ekvivalentlarini hisob-kitob vositasiga aylanti- rish ehtiyoji yo‘q. Ekvivalentlar, odatda, qisqa muddatli investitsiya hisobvarag‘iga olib boriladi.
Pul mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko‘p jihat- dan korxonalarda pul mablag‘larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etish va ular ustidan nazoratni yaxshilashga bog‘liq. Pul mab- lag‘lari nazoratini tashkil etishning asosiy elementlaridan biri esa korxonaning hisob-kitob schotidir, ya’ni hisob-kitob schotidan samarali foydalanishni maksimal darajada ta’minlash, barcha kirib kelayotgan pul mablag‘larini albatta bank orqali hisobga olish, barcha turdagi to‘lovlarni banklar chiqargan cheklar yoki shunga o‘xshash yozma topshiriqnomalar va ularning maxsus pul mablag‘lari fondi orqali amalga oshirish lozim. Agarda ko‘rsatilgan tartib qat’iy amal qiladigan bo‘lsa, u holda pul mablag‘larining hisobi ikki tomonlama bo‘ladi: birinchisi – korxonaning o‘zida, ikkinchisi – bankda.
Moliyaviy axborot bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil qilishda xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda
1 («Moliyaviy hisob» buxgalteriya hisobining Milliy va Xalqaro standartlari asosida tayyorlangan o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2000-yil.
xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foyda- laniladi.
Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, «Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot» shaklini erkin o‘qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilish- lari kerak.
Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to‘g‘risida katta hajmda ma’lumot olish, uning moliyaviy ahvolini xizmat va bozor faolligini tahlil qilish mumkin.
|
| |