Pul mablag‘larining kelib tushishi (kirimi)




Download 1,74 Mb.
bet255/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Pul mablag‘larining kelib tushishi (kirimi).


Xaridorlardan olingan pullar (kirim), hisobot davrida korxonaning bank schotlariga yoki veksel ko‘rinishida yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag‘- lar summasini ko‘rsatadi. Ushbu summani 4-shakl «Pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot» moliyaviy hisobotidan (quyida 4-Sh) va 1-sh shakli statistika hisobotidan olish mumkin.
Boshqa pul tushumlari va royaltidan, turli ko‘rinishdagi mukofotlar, komission yig‘imlardan olingan pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari summasini ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv rahbariyati va tashqi foydala- nuvchi investorlar, kreditorlar, korxona menenjerlari uchun zarurdir. Boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot korxonaning likvidligi, divi- dendlar miqdorini aniqlash, boshqa yo‘nalishlarga qo‘shimcha investit- siyalarni joylashtirish uchun manba hisoblanadi.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot zarur bo‘lgan hollarda korxonaga yuqori daromad keltiradigan loyihalarni rejalashtirish uchun zarur manbadir.
Korxonaning boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot korxonaning qisqa muddatli kreditorlik qarzlarini uzishga mavjud mablag‘ni yetarli yoki yetishmasliligi, hissadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish hamda korxonani investitsiya va moliya masalalari bo‘yicha siyosat kabi masalalarni hal etish zarur.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi manbalar asosida investorlar kompaniya faoliyatini o‘rganadi va ularning faoliyatiga baho beradi. Jumladan, korxona rahbariyati pul mablag‘lari harakatini boshqara olish, korxona schotidan kreditor qarzlarni uzish hamda hissadorlarga dividend to‘lash, qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun yetarli miqdorda pul mablag‘larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali sof foyda bilan pul mablag‘lari harakati o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini o‘zida aks ettiradi.

Download 1,74 Mb.
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pul mablag‘larining kelib tushishi (kirimi)

Download 1,74 Mb.