|
Pul mablag‘larining oylar bo‘yicha harakati tahlili
|
bet | 263/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Pul mablag‘larining oylar bo‘yicha harakati tahlili
Oylar
|
Pul mablag‘larini qoldig‘i (ming sum)
|
Aylanma summasi,
(ming sum)
|
Aylanish davri, kunda 1*30/2
|
Yanvar
|
12734
|
140448
|
2,72
|
Fevral
|
11466
|
159250
|
2,16
|
Mart
|
12766
|
187739
|
2,04
|
Aprel
|
12780
|
180000
|
2,13
|
va hokazo
|
|
|
|
Korxonada pul mablag‘lari aylanmasi davomiyligi o‘rtacha 2,04 dan 2,72 kungacha tashkil etgan. Pulni korxona schotiga kelib tushishidan to chiqib ketishiga qadar 2 kundan ortiqroq kun ketgan. Tahlil davomida pul mablag‘lari kirimi va chiqimi tarkibi atroflicha o‘rganilmog‘i lozim. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini tahlil etishning 2 uslubi mavjud.
To‘g‘ri uslub.
Egri uslub.
To‘g‘ri uslub orqali pul mablag‘larining harakatini tahlil etish uchun joriy faoliyat, soliqlanish, investitsiya, moliyaviy faoliyatlari bo‘yicha mablag‘larni kirim qismi, chiqimi bilan taqqoslanib, sof kirimi (yoki chiqimi) aniqlanadi.
Egri uslub orqali esa amalda olingan moliyaviy natijalar (foyda) bilan pul mablag‘lari hajmining mutlaq o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Egri uslub orqali pul oqimlarini hisoblash sof foyda ko‘rsatkichi bilan uning ko‘rsatkichlari korrektirovkasiga mosligidan, real pul mablag‘lari harakatiga bog‘liq bo‘lmagan mos hisoblar (qatorlar) bo‘yicha olib boriladi. Jumladan, pul oqimlarini tahlil etishning egri us- lubi faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakatining tahliliga aso- san tashkil etilgan bo‘lib, ya’ni korxona foydasi aniq qayerda vujudga kelayotgani yoki «tirik pullar» qayerga sarflanayotganligini ko‘rsatadi. U «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»ni quyidan (sof foydadan) yuqoriga qarab o‘rganishga moslashtirilgan. Shu sababli ham bu uslubni aksariyat iqtisodchi olimlar «quyi» usul deb ham nomlaydilar.
Pul oqimlarini operativ boshqarishda egri uslubning ahamiyati quyidagilardan iborat bo‘ladi, ya’ni u moliyaviy natijalar va o‘z aylanma mablag‘lari o‘rtasidagi o‘zaro moslikni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rsatib beradi.
Egri uslub yordamida korxona faoliyatidagi eng muammoli jihatla- rini ko‘rsatib berish hamda ushbu kritik holatdan chiqish yo‘lini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Mazkur uslubning ham ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ma’lum kamchiliklarini ham amaliyotda kuzatish mum- kin:
Tashqi foydalanuvchilar uchun analitik hisobotlar tuzishdagi yuqori mehnat sig‘imi talab etilishi.
Ichki buxgalteriya hisobi ma’lumotlari (bosh daftarlar)da kamchi- liklarning bo‘lishi.
Xo‘jalik subyektlarining faoliyatini tahlil qilish jarayonida ikkala uslub (to‘g‘ri va egri)ning qo‘llanilishi bir-birini to‘ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag‘lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko‘rsatib beradi.
Xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari oqimini egri uslub orqali o‘rganish uchun alohida analitik hisobot tayyorlash lozim bo‘ladi. Analitik hisobot tuzish uchun quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:
«Buxgalteriya balansi» (1-shakl);
«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (2-shakl);
«Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» (3-shakl);
Bosh daftar;
Jurnal-orderlar;
Buxgalteriya hisobi ma’lumotnomalari va boshqalar.
|
| |