|
Xo‘jalik yurituvchi subyektning valuta mablag‘lari oqimi va ularning tuzilmasi
|
bet | 266/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Ko‘rsatkichlar
|
Pul mablag‘lari tushumi
|
Pul mablag‘lari chiqimi
|
Summa, ming
so‘m
|
Salmog ‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i,
%
|
Valuta mablag‘lari oqimi
|
|
|
|
|
Hisobot davri boshidagi qoldiq
|
309
|
|
|
|
Kelib tushdi
|
3725
|
100,0
|
|
|
Shu jumladan:
A) sotishdan olingan foyda
|
3725
|
100,0
|
|
|
B) konvertatsiyalangan
|
|
|
|
|
D) olingan kredit
|
|
|
|
|
E) boshqa manbalar
|
|
|
|
|
Sarflandi
|
|
|
3894
|
100,0
|
Shu jumladan:
A) ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga kiritilgan sarf-xarajatlar
|
|
|
|
|
B) ishlab chiqarishni rivojlantirishga sarf-
xarajatlar
|
|
|
1562
|
40,11
|
D) mahsulot yetkazib beruvchilarga
to‘lovlar
|
|
|
1445
|
37,11
|
E) kredit bo‘yicha to‘lovlar, shu jumladan,
foizlar
|
|
|
|
|
F) boshqa maqsadlar uchun
|
|
|
887
|
22,78
|
Valuta mablaglari tushumi (+), chiqimi (–)
ning chiqimdan kupligi
|
–169
|
|
|
|
Hisobot davri oxiridagi qoldiq
|
|
|
140
|
|
Valuta mablaglari oqimi koeffitsiyenti
|
0,96
|
|
|
|
Davr boshidagi pul va valuta mablaglari
qoldig‘i summasi
|
351
|
|
|
|
Pul va valuta mablag‘lari tushumi
|
28177
|
|
|
|
Pul va valuta mablag‘lari chiqimi
|
|
|
28224
|
|
Hisobot davri oxiridagi pul va valuta
mablag‘lari qoldig‘i summasi
|
|
|
304
|
|
Pul va valuta mablag‘lari oqimi
koeffitsiyenti
|
0,99
|
|
|
|
Mazkur ko‘rsatkichlarga asoslanib kelib tushgan va sarflangan mablag‘lar nisbati sifatida aniqlanadigan pul va valuta mablag‘lari oqimining koeffitsiyentini hisoblab topish shart. Ushbu koeffitsiyent birdan katta bo‘lsa, bu hisobot davrida kelib tushgan pul mablag‘lari ularning sarfidan ortiqchaligidan dalolat berib, bu hol bank hisob
raqamlaridagi va kassadagi pul mablag‘i qoldig‘i ko‘payishida o‘z aksini topgan.
Pul mablag‘lari oqimi koeffitsiyentining birdan pastligi pul mablag‘lari sarfi kelib tushishiga nisbatan ko‘proq bo‘lganligidan, hisobot davri oxirida pul va valuta mablag‘lari qoldig‘i kamayganligidan dalolat beradi.
Mazkur koeffitsiyent korxona hisobot davri boshida muayyan pul qoldiq summasiga ega bo‘lganida birdan past bo‘lishi mumkin.
Pul mablag‘lari oqimi o‘zgarishining moyilligini, ularning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini aniqlash, pul mablag‘lari oqimini prognozlash uchun pul mablag‘lari oqimining so‘nggi bir necha yil ichidagi summasi, tuzilmasi va koeffitsiyentining o‘zgarishini tahlil qilish lozim bo‘ladi.
Pul mablag‘larining manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini baholash, hamda shu asosda ular bo‘yicha xulosa qilish va tavsiyalar berish maqsadida tahlil qiluvchi quyidagi savollarga javob topishi kerak:
Korxona bundan keyin ham asosiy vositalarni hisobdan chiqa- rishni korxonaning o‘zida to‘plangan pul mablag‘lari hisobiga moliyalashtira oladimi?
Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi korxonalar sotib olish qay yo‘sinda moliya bilan ta’minlangan?
Tashqi manbalardan moliyaviy ta’minlanishiga bog‘liqlik qay darajada?
Dividend siyosati yuritish, ya’ni aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar va qarz berishga pul joylash hisobiga daromad olish qay darajada?
Bir necha yillik pul oqimlarining tahlili ishlab chiqarishni kengay- tirishga pul mablag‘larini jalb qilish istiqbolini va bo‘lg‘usi kutilmagan noxush holatlarning oldini olish imkoniyatlarini, ya’ni rahbariyatga korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha uslubiyat va taktikani belgilab olish imkonini beradi.
Hozirgi qiymatga keltirilgan kelajakda kutilayotgan sof pul oqimlari usuli va uning tahlili
Ma’lumki, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdori kompa- niyaning foydalilik darajasiga bog‘liq. Odatda, yuqoriroq moliyaviy
ko‘rsatkichlarga erishayotgan kompaniyalar ko‘proq dividend to‘lashadi. Ammo shunday kompaniyalar borki, ular katta foyda olishlariga qara- masdan, aksiyadorlarga umuman dividend to‘lashmaydi va olingan barcha mablag‘larni o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish maqsadida bizneslariga uzluksiz ravishda investitsiya qiladilar. Bunday kompaniyalar bizneslarini yanada kengaytirishlari uchun juda qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladilar va bu imkoniyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu korxonalarning tovar yoki xizmatlari xaridorlar didiga juda mos. Bu moslik esa korxonaning kelajakda juda katta foyda olishini ta’minlovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Albatta, bunday kompaniyalar uchun investitsion mablag‘larning eng maqbul manbayi – bu o‘z xo‘jalik faoliyatlari natijasidan olgan sof foydalaridir. Bunday hollarda kompaniyaning direktorlar kengashi biznesdan hech qanday mablag‘ni dividend sifatida olmaslikka va aksincha, foydaning hamma qismini biznesga qaytadan investitsiya qilishga qaror qilishi mumkin. Shuning uchun bunday kompaniyalar hozirda va yaqin kelajakda umuman dividend to‘lamasliklari mumkin. Shunga qaramasdan, bunday kompaniyalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan investorlar ularning aksiyalarini sotishga shoshilmaydi. Chunki ular investitsiya qilgan mablag‘lar hozirda samarali ishlatilmoqda va oxir-oqibatda katta foyda keltirishi kutilmoqda. Bozorda esa bu korxonalar aksiyalarining narxi tushmaydi, balki, aksincha, ko‘tarilishi mumkin.
Demak, nazariy jihatdan olganda, kelajakda to‘lanishi kutilayotgan dividendlar miqdori aksiyalar bahosini aniqlash uchun asos bo‘la olsada, amaliyotda faqatgina shu omilni e’tiborga olgan holda aksiyalarning haqiqiy bozor narxini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun amaliyotda aksiyalarning bozor narxi aksiyadorlar biznesdan dividend sifatida olishlari mumkin bo‘lgan va shu bilan birgalikda biznesga qaytadan investitsiya qilishlari uchun mavjud bo‘lgan sof naqd pul oqimlari asosida hisoblab topiladi. Aksiyalarning bozor bahosini topishning bu usuli hozirgi qiymatga keltirilgan kelajakda olinishi kutilayotgan sof pul oqimlari usuli deb ataladi.
Bu usulga ko‘ra aksiyalar bahosi quyidagi formula orqali topiladi:
Bu yerda:
Vt = 5
t
=
Ct +t
(1 + r)t
=
Ct +t – korxonaning biznes faoliyati natijasida joriy vaqtdan boshlab
t+τ vaqtgacha har bir hisobot davri davomida olinishi kutilayotgan sof
pul oqimlari;
τ – korxonaning kelajak faoliyati natijasida sof pul oqimlari to‘play oladigan davrlar soni;
r – aksiyadorlik jamiyatining kapital tannarxi.
Korxonalar aksiyalarining bozor narxini aniqlashning bu usulini amaliyotda qo‘llash uchun korxonaning uch-to‘rt yillik tarixiy moliyaviy hisobotlaridan olingan ma’lumotlar asosida shu korxonaning kelajakda olishi kutilayotgan sof pul oqimlari hajmini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi.
|
| |