• Pul oqimini prognozlashning uchinchi bosqichi
  • Pul oqimini prognozlashning ikkinchi bosqichida




    Download 1,74 Mb.
    bet269/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Pul oqimini prognozlashning ikkinchi bosqichida esa pul mablag‘- larining chiqimi o‘rganiladi. Uning asosiy tarkibiy elementi kreditorlik qarzlarini qoplash bo‘lib hisoblanadi. Bizga ma’lumki, odatda, korxona o‘zining schotini o‘z vaqtida to‘lasada, lekin ba’zi bir holatlarda korxona to‘lov muddatini o‘tkazib yuborishi mumkin. To‘lovni kechikish protsessi kreditorlik qarzlarini cho‘zish (muddati o‘tgan) deb nomlanadi. Muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari ushbu holatda qisqa muddatli moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalari sifatida ishtirok etadi.
    Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida tovarlar (ish, xizmatlar) to‘lovining turli xil tizimlariga amal qilinadi. Jumladan, to‘lovni amalga oshirish vaqtida davrni hisobga olgan holda, to‘lov hajmi differen- siallashtiriladi. Bunday tizimdan foydalanishda korxona uchun muddati o‘tgan kreditorlik qarzlari moliyalashtirishning muhim manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
    Pul mablag‘lari ishlatilishining boshqa xil yo‘nalishlari tarkibiga mehnat haqi to‘lovlari, kapital qo‘yilmalar, soliqlar to‘lanishi, foizlar va dividendlarni to‘lash kabilar kiradi.
    Pul oqimini prognozlashning uchinchi bosqichi mantiqan oldingi ikkita bosqichning davomi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni sof pul oqimini bashoratlashni hisoblashda pul mablag‘lari kirimi va chiqimining bashoratlarini solishtirish yo‘li orqali o‘rganiladi.
    Pul oqimini prognozlashning to‘rtinchi bosqichida esa qisqa muddatli moliyalashtirishda mutlaq talabni hisoblash hamda pul oqimini bashoratlashda har bir davr boshi uchun bankning qisqa muddatli ssudalari hajmini aniqlash o‘rganiladi. Hisob-kitoblarda korxonaning sug‘urta zaxirasini tashkil etish, rejalashtirilmagan, ammo korxona uchun maqbul bo‘lgan investitsiyaga mablag‘ sarflash uchun ixtiyoriy minimumni hisob-kitob schotida inobatga olish tavsiya etiladi.
    Pul oqimini prognozlashda ushbu to‘rtta bosqichni qo‘llash hisobiga korxonaning pulga bo‘lgan talabi o‘rganiladi. Bugungi kunda amaliyotda afsuski, ko‘pchilik korxonalarning moliyaviy menejerlari (korxona rahbari) korxona pul oqimini o‘rganmasligi va tahlil qilib chiqmasligi natijasida korxonaning pulga bo‘lgan talabi to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega emaslar. Bunday holatni yaxshilash uchun, yuqoridagi pul oqimlarini bashoratlashning bosqichlaridan foydalanish ijobiy samara beradi deb hisoblaymiz.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pul oqimini prognozlashning ikkinchi bosqichida

    Download 1,74 Mb.