|
Pul oqimlarini prognozlash
|
bet | 267/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to‘g‘ri va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayon. Jumladan, korxonaning pul mablag‘lari va pulga tenglashtirilgan qiymatliklari oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari rivojlanishining xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, moliya bozorining asosiy unsurlaridan biri -bu pul mablag‘lari bo‘lib, uning hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining
«hisoblashish» yoki «kassali» usullarining qaysi biri qo‘llanilsa korxona uchun iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishligini o‘rganish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustida tasdiqlangan
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonuni, 1999-yil 5-fevraldagi
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi» Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda korxonaning sotish jarayonlaridan ko‘rgan moliyaviy natijalarini aniqlashda yuqoridagi usullarni qay biri qo‘llanilishi to‘g‘risida aniq fikrlar bildirilmagan. Unda bu usullarning qaysi birini qo‘llash korxona hisob siyosatiga bog‘liq ekanligi aytib o‘tilgan, xolos.
Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini ratsional boshqarish uchun korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lari oqimini prognozlash (basho- ratlash) muhim hisoblanadi. Bunda korxonaning moliyaviy menejeri tomonidan pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga oid bor bo‘lgan manbalari yig‘ilishi hamda o‘rganilishi lozim. Odatda ko‘pchilik ko‘r- satkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab jarayondir. Ayrim hollarda rejalashtirilgan davrdagi pul mablag‘lari budjetining tashkil topishi, bashorat qilingan pul mablag‘lari oqimiga mos keladi.
Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, o‘z faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri tanlay bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va to‘g‘ri yuritishni talab etadi. Bizning nazarimizda korxonaning moliyaviy menejeri korxona pul oqimlarini prognoz qilishda bir qancha bosqichlarni bosib o‘tishi lozim. Bu bosqichlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi kerak.
|
| |