|
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi
|
bet | 229/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
o‘zaro shartnomaviy munosabatlarda tomonlarning mas’ulligi va ularning shartnoma shartlariga qat’iy amal qilishi;
muddati o‘tkazib yuborilgan har qanday to‘lovlar summasi bo‘yicha huquqiy javobgarlik shartlarini belgilash;
hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqish va hokazo.
Xulosa o‘rnida aytish mumkin-ki, debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili bu debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish va ularni
1 В.В.Бочаров «Управление денежным оборотом предприятий и корпораций» –М.: «Финансы и статистика». 2001. C. 40.
nazorat qilishda juda muhim jarayon sanaladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish va muddati o‘tgan qarzlarni kamaytirish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlarning samaradorligi birinchi navbatda ushbu jarayonning qanday o‘tkazilishiga bog‘liq. Bunda muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari tahliliga katta e’tibor berish kerak. Chunki muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari korxona faoliyati uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xorijiy mamlakatlar olimlari debitorlik qarzlarining vaqtida qaytarilmasligi bois ko‘riladigan zararlarni hisoblash bo‘yicha ba’zi ko‘rsatkichlarni taklif qilishadi. Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda ham o‘rinli bo‘lmas, ammo ularni hisoblash orqali mavjud vaziyatni qisman bo‘lsa ham baholash imkoniga ega bo‘lamiz.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
debitorlik qarzlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tahlil etish uslubi;
debitorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo‘yicha tahlil etish uslubi;
kreditorlik qarzlari to‘g‘risida tushuncha va ularni tahlil etish uslubi;
kreditorlik qarzlarining umumiy hajmi, tarkibi va vujudga kelish muddati bo‘yicha tahlil etish uslubi;
qarzlarni kamaytirish yo‘llari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi
|