|
Debitorlik qarzlarini boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali ular hajmini ortib borishining oldini olish borasida quyidagi amaliy chora-tadbirlardan foydalanish mumkin
|
bet | 228/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Debitorlik qarzlarini boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali ular hajmini ortib borishining oldini olish borasida quyidagi amaliy chora-tadbirlardan foydalanish mumkin:
xaridor va buyurtmachilar bilan muddati uzaytirilgan hamda muddati o‘tgan hisob-kitoblar ustidan nazoratni izchil tarzda olib borish;
bir yoki bir nechta yirik xaridorlar tomonidan mahsulot va xizmatlar haqining to‘lanmay qolishi riskini pasaytirish maqsadida ko‘p sonli xaridorlar bilan ishlashga intilish;
debitorlik va kreditorlik qarzlari nisbatiga katta e’tibor qaratish; debitorlik qarzining kreditorlik qarzidan sezilarli darajada ortib ketishi qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarining jalb etilishiga, bu esa, o‘z navbatida yuqori stavkali foiz xarajatlarining kelib chiqishiga olib kelishi bilan korxonaning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu nisbatning maksimal chegarasi 1,0 hisoblanadi;
pul mablag‘lari harakati (pul mablag‘larining kirimi va chiqimi)ni sinxronlashtirish, ya’ni debitorlik qarzlarining to‘lanishi va kreditorlik qarzining so‘ndirilishi davrini maksimal darajada bir-biriga yaqinlash-
1 Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Toshkent: «O‘zbekiston», 2010. 38-bet.
tirish. Bu hisob-kitob schotidagi mablag‘lar qoldig‘ini kamaytirish va bank kreditlarini qisqartirishga olib keladi;
zamonaviy hisob-kitob usullarini qo‘llash orqali yo‘ldagi pul mablag‘lari hajmini qisqartirish;
debitorlik qarzlarini ixtisoslashgan faktoring kompaniyalariga yoki korxona xaridorlaridan qarzlarni qaytarib olish bilan shug‘ulla- nuvchi banklarga sotish;
selektivlik – ya’ni ma’lum tovarlar guruhi va turlari kreditga sotilmay, balki faqatgina o‘z vaqtida pul o‘tkazish yo‘li bilan sotiladigan oraliqlarni aniqlash. Bunday vaziyat ma’lum tovarlarga bo‘lgan talabning juda ham ortib ketadigan davrlarda vujudga keladi.
Rivojlangan mamlakatlarda tovarlarni «2/10 to‘liq 30» sxemasida sotishga debitorlik qarzlarini kamaytirish yo‘llaridan biri sifatida qaraladi. U quyidagi tartibda ishlaydi:
agar xaridor mahsulotni olgan kunidan boshlab 10 kun ichida mahsulot qiymatini to‘lab bersa, unga mahsulot bahosining 2 % miqdorida chegirma beriladi;
agar xaridor mahsulot qiymatini 11 kun bilan 30 kun oralig‘ida to‘lasa, mahsulot qiymatining 100 %ini to‘laydi;
agar xaridor mahsulot qiymatini bir oy davomida to‘lamasa to‘lov vaqtiga qarab jarimaga tortiladi.1
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishni bitta dastur asosida va uni nazorat qilish asosida uddalab bo‘lmaydi. Buning uchun bevosita keng qamrovli dastur ishlab chiqish lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Debitorlik qarzlarini boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali ular hajmini ortib borishining oldini olish borasida quyidagi amaliy chora-tadbirlardan foydalanish mumkin
|