|
Muddati o‘tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin
|
bet | 222/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Muddati o‘tkazib yuborilgan majburiyatlarning yuzaga chiqish sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
√ korxonada moliyaviy holatning nosog‘lom ekanligi;
√ korxonaning to‘lov layoqatiga ega emasligi;
√ likvid mablag‘lari aylanuvchanligining uzoqligi;
√ shartnoma majburiyatlariga va to‘lov shartlariga amal qilmaslik;
√ xo‘jalik shartnomalari buzilishidan ko‘riladigan zararlarning to‘g‘- ri qoplanmasligi (shartnomalar buzilishida qo‘llaniladigan choralarga amal qilmasligi);
√ zamonaviy hisob-kitob shakllariga yo‘l berilmaganligi va hokazolar.
Debitorlik-kreditorlik majburiyatlarining undirib olish muddati 3 oy qilib yoki 90 kalendar kun qilib belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik-kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi hamda ularning holati bo‘yicha davlat qonunchiligiga muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolik kodeksi»ning 150-moddasiga muvofiq qarzlar yuzasidan da’vo arizasi berish mumkin bo‘lgan umumiy muddat uch yilni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida huquqiy shaxslar o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat qilib belgilangan. Ushbu muddatda to‘lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxona foyda va zararlariga olib
boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tomonidan nazorat qatori sifatida olingan. Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga qo‘shiladi va umumiy asosda foydadan soliq stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi.
Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini foyda va zararlar qatoriga olib borish shartlari davlat hisob, soliq qonunchiligiga muvofiq qat’iy tartiblangan, ya’ni debitorlik va kreditorlik majburiyat- larini foyda va zararlar qatoriga olib borishga qadar ularni to‘lash yoki undirib olish yuzasidan qanday yozishmalar yoki murojaatlar bo‘lgan, arbitraj qarori chiqarilgan yoki chiqarilmaganligi va hokazolar bo‘yicha dastlabki hujjatlar to‘plami tayyorlanmog‘i lozim. Faqat shundagina uni foyda va zararlar qatoriga olib borish mumkin. Aks holda, zaruriylik shartida kechiktirilgan majburiyatlar sifatida olinib, mas’ullar javobgar- likka tortiladi.
|
| |