Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishida quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin




Download 1,74 Mb.
bet219/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishida quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin:


  • o‘zaro hisob-kitoblarda tomonlarning to‘lov layoqatiga ega emasligi;

  • tovarlarni ortib jo‘natish va sotishda hisob-kitoblarning zamonaviy shakllarining cheklanganligi;

  • mulk va unga egalik qilishda mas’ullik hissining yo‘qligi;

  • o‘zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilma- ganligi;

  • daromadlarni tan olish yuzasidan korxonalar tarmoq xususiyatidan kelib chiqilmaganligi;

  • xarajatlar tarkibiga kiruvchi ish va xizmatlarni hisobga olishda qat’iy hujjatlashtirish mezonlarining yo‘qligi;

  • xodimlar va kapital egalari bilan korxona o‘rtasidagi munosabat- larda qa’tiy shartlarning yo‘qligi;

  • kredit tashkilotlari bilan mijoz o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baholashning uslubiy asoslaridagi kamchiliklar;

  • sug‘urta tashkilotlari bilan korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarda qat’iy davlat qonunchilik mexanizmining mavjud emasligi va boshqalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi hisob-kitoblarda to‘lov- lar muddatining yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishiga har qanday holda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulotlar ortib jo‘natish orqali sotiladigan bo‘lsa, bunda to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar, agarda tovarlar pulini oldindan to‘lash asosida sotiladigan bo‘lsa bunda ham tovarlarni jo‘natish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida hisobda

aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo‘yicha hisobot, ma’lumotno- ma har oyning 1-sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari korxona balansi, ya’ni har chorakda tuziladigan korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati to‘g‘risidagi hisobotda ham aks ettiriladi.

    1. Download 1,74 Mb.
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishida quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin

Download 1,74 Mb.