|
Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari
|
bet | 220/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balans holatiga keltirib o‘rganish ham mumkin bo‘ladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o‘zaro tenglik nisbatini xarakterlaydi. Bunda debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari qatoriga 2002-yil 27-de- kabrda tasdiqlangan buxgalteriya balansiga ko‘ra quyidagi qatorlar kiritiladi:
Debitorlar tarkibiga:
xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi);
ajratilgan bo‘linmalarning qarzi (4110);
sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi (4120);
xodimlarga berilgan bo‘naklar (4200);
mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo‘naklar (4300);
budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4400);
maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari (4500);
ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi (4600);
xodimlarning boshqa operatsiyalari bo‘yicha qarzi (4700);
boshqa debitorlik qarzlari (4800).
Kreditorlar tarkibiga:
mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000);
ajratilgan bo‘linmalarga qarz (6110);
sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga qarz (6120);
soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240);
olingan bo‘naklar (6300);
budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6400);
sug‘urtalar bo‘yicha qarz (6510);
maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz (6520);
ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar (6600);
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz (6700);
boshqa kreditorlik qarzlari (6950 dan tashqari 6900).
jadval
|
| |