|
Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari
|
bet | 218/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari:
debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini o‘rganish;
korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish;
debitorlik va kreditorlik qarzlarini vujudga kelish muddatlari bo‘yicha tasniflagan holda o‘rganish;
debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho berish;
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish;
qarzlarni kamaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish va hokazolardan iborat.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o‘rganishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonaning «Buxgalteriya balansi» (1-shakl) ma’lumotlari;
«debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma»;
buxgalteriya hisobining debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi tegishli schot ma’lumotlari.
Buxgalteriya balansi bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish sabablari
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qar- shi tomon o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda kelib chiqadigan majbu- riyatlardir. Bu majburiyatlar korxona bilan mol yetkazib beruvchilar yoki xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlarda, korxona bilan bank tashki- lotlari o‘rtasidagi, korxona bilan soliq organlari o‘rtasidagi, korxona bilan ijtimoiy taminot bo‘limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuning- dek, xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda yuzaga keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sa- babi hisob-kitoblarda vaqtning o‘zgaruvchanligidir, ya’ni bugun ortilgan mahsulot ham puli to‘langunga qadar debitorlik va kreditorlik maj- buriyatlar qatoriga kiritiladi. Bunda daromad va xarajatlarning yuzaga chiqishi bilan ular bo‘yicha hisob-kitoblarning amalga oshishi orasida farqlanish kelib chiqadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bugungi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari
|