O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
1. Mahsulot sotishdan olingan foyda, mln so‘m
|
300
|
240
|
2. Operatsion daromadlar
|
40
|
50
|
3. Moliyaviy faoliyatdan foyda
|
9
|
7
|
4. Favqulodda chiqimlar
|
26
|
32
|
Soliq to‘lagunga qadar bo‘lgan moliyaviy natija
|
?
|
?
|
a) 323:260; b) 323:255; d) 343:265; e) 323:265.
Quyidagi ma’lumotlar asosida mahsulot realizatsiyasidan ko‘rilgan yalpi foyda miqdorini aniqlang:
(ming so‘m)
Ko‘rsatkichlar
|
Miqdori
|
1. Mahsulot realizatsiyasidan olingan tushum
|
106850
|
2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
|
20113
|
3. Aksiz solig‘i
|
726
|
4. Boshqa soliqlar
|
168
|
5. Realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi
|
65196
|
a) 41654; b) 40760; d) 20815; e) 20647.
Bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda summasini aniqlang va tahlil qiling:
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+, –)
|
1. Sof foyda, ming so‘m
|
1200
|
1810
|
610
|
2. Muomaladagi oddiy aksiyalar soni
|
575
|
670
|
95
|
3. 1 ta aksiyaga to‘g‘ri keladigan bazaviy foyda, ming so‘m
|
?
|
?
|
?
|
a) 625; 1140; -515. b) 0,47; 0,7; -0,10.
d) 2,08; 2,70; 0,62. e) 690,0 1212,7; +522,7.
Sotilgan mahsulot rentabelligi qanday aniqlanadi?
(mahsulotni sotishdan tushgan tushum x 100) / yalpi foyda;
(sotishdan yalpi daromad x 100) / mahsulot sotishdan tushgan tushum;
(sotishdan yalpi foyda x 100) / mahsulot sotishdan tushgan sof tushum;
(mahsulotni sotishdan tushgan yalpi tushum x 100) / yalpi sarflar.
Sotishdan olingan yalpi foyda qanday topiladi?
sotishdan olingan sof tushum, minus o‘zgaruvchan xarajatlar;
sotishdan olingan sof tushum, minus o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar;
sotishdan olingan sof tushum minus ishlab chiqarish tannarxi;
sotishdan tushum, minus sotish hajmiga soliqlar (qo‘shilgan qiymatga soliq, aksiz, reklama va boshqa sotishlar hajmiga soliqlar).
Sotishdan ko‘rilgan foydaga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
mahsulot sifati, sotish hajmi, mahsulot bahosi, ishlab chiqarish hajmi;
sotilgan mahsulot hajmi, mahsulot tannarxi, sotilgan mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarish;
sotish hajmi, bozorning tuzilishi, mahsulotning raqobatga bardoshligi, ishlab chiqarish hajmi;
ishlab chiqarish maromiyligi, mahsulot sifati, mahsulot rentabelligi, sotilmay qolgan mahsulot hajmi.
XI BOB. DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TAHLILI
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini o‘rganishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot
manbalari
Debitorlik qarzlaridan tushadigan mablag‘lar ishlab chiqaruvchi korxonaning asosiy pul mablag‘lari manbalaridan biri hisoblanadi. Xa- ridorlar majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasalar korxonada pul mab- lag‘lari defitsiti kelib chiqadi, joriy faoliyatini moliyalashtirish uchun korxonaning aylanma aktivlarga bo‘lgan ehtiyoji oshadi, moliyaviy holati yomonlashadi. Bu esa o‘z navbatida korxona va xaridorlar o‘rtasi- dagi hisob munosabatlarni o‘zgartirish, kredit va qarzlarni so‘ndirishga qaratilgan mos siyosatni ishlab chiqish kerakligini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari istalgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar nazorat qi- lish bo‘yicha asosiy e’tiborini faqatgina debirorlik qarzlariga emas, balki, kreditorlik qarzlariga ham qaratadi. Shuning uchun qarzlar hara- kati ustidan qo‘yiladigan nazoratning asosiy vazifalaridan biri debitorlik qarzlar darajasini kreditorlik qarzlari darajasigacha oshmaydigan hajm- gacha kamaytirish hisoblanadi.
Debitorlik qarzlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi qarzlar kechikishiga va jarima solishgacha bo‘lgan holatga yo‘l qo‘ymay, o‘z vaqtida so‘ndirilishini ta’minlashi kerak.
Debitorlik qarzlari korxonada naqd pulning kamayib ketishiga olib keladi, bu o‘z navbatida ishlab chiqarish uzluksizligi buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun debitorlik qarzlari ustidan uzluksiz nazoratni o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z vaqtida so‘ndirilmagan debitorlik qarzlari bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan jazo choralari yoki biror-bir javobgarlikka tortish boshqaruvda muhim sanaladi.
Buxgalteriya hisobida «debitor» atamasi muayyan korxonadan qarzdor bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga aytiladi. «kreditor» atamasi muayyan korxonani qarzdor qilgan jismoniy yoki yuridik
shaxsga aytiladi. Ya’ni boshqa korxonalarning bu korxona oldida hisob- kitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Bunda korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo‘lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Ikki tomonlama shartnoma majburiyatlarda bir korxona ham debitor, ham kreditor bo‘lishi mumkin. Masalan, tovar yetkazib berish shartnomasi bo‘yicha tovarlar yetkazib berilgan bo‘lsa-yu, ularning puli to‘lanmagan bo‘lsa, mahsulot yetkazib beruvchiga bu summa debitorlik qarzi deb ko‘rsatiladi va u debitor, ya’ni xaridorlarga ma’lum summadagi tovarlarni qarzga bergan deb hisoblanadi. Shu korxonaning o‘zi mazkur tovarlarni sotib olgan korxonalar uchun kreditor bo‘ladi. Xaridor sotib olingan tovar bo‘yicha mana shu qarz summasini batamom to‘lab bo‘lgunicha kreditorlik qarzi deb ko‘rsatadi.
|