|
Sof foyda va uning o‘zgarishining omilli tahlili
|
bet | 205/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Sof foyda va uning o‘zgarishining omilli tahlili
Bozor munosabatlari sharoitida har bir xo‘jalik subyekti o‘z faoliyati natijasida sof foydaga erishishni ko‘zlaydi. Shu sababli ham sof foyda miqdorini o‘rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Korxona ixtiyorida qola- digan va uning erkin tasarrufidagi foyda sof foyda deyiladi. Ushbu ko‘rsatkich soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (dar- omad)dan soliq va boshqa soliqlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda tahlilida uning o‘tgan yillarga, shuning- dek, korxona biznes-rejasi ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlari o‘r- ganiladi. Moliyaviy natijaviylikning ushbu yakuniy qatori barcha ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilar e’tiboridagi masala hisoblanadi.
Tashqi axborotdan foydalanuvchilar korxonaning foydalilik dara- jasiga, o‘z aktivlarini maqsadli boshqarishning shartlarini belgilashga ham jiddiy ahamiyat berishadi. Masalan, korxona mulkida ta’sischi sifatida qatnashuvchilar aksiya egalari kelishuviga yoki xususiy kapitaldagi ulushiga qarab taqsimlanadigan hisob foydasining holatiga hamda korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda bilan qiziqsalar, investitsiya homiylari esa korxona faoliyatining barqarorligi va o‘sish darajalariga ko‘proq qiziqadilar.
Bugungi kunda korxona sof foydasining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
mahsulot, ish va xizmatlarni sotish hajmining o‘zgarishi;
mahsulot, ish va xizmatlar bahosining o‘zgarishi;
mahsulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zga- rishi;
davr xarajatlarining o‘zgarishi;
moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlarning o‘zgarishi;
favqulodda foyda va zararlar o‘zgarishi;
foydadan olinadigan soliqlar va soliqli to‘lovlarning o‘zgarishi.
Tahlil etishda har bir omilning sof foyda o‘zgarishidagi mutlaq qiymatlari aniqlanadi. Ularning o‘zgarishlariga baho berish orqali kor- xonada foydani o‘stirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o‘rganiladi.
jadval
|
| |