|
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi
|
bet | 201/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof qilingan jarimalar va penyalar;
hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yilga tegishli foyda;
yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlardan olingan tushumlar;
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mol-mulklarni sotishdan olingan daromadlar;
da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
tovar-moddiy boyliklarni qayta baholanishdan ko‘rilgan natijalar;
davlat subsidiyalaridan daromadlar;
xolisona moliyaviy yordam;
boshqa operatsion daromadlar.
Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar va yo‘qotishlar tahlili
Operatsion jarayonlardan olingan daromadlar qatoriga korxonaning asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan tashqari faoliyatidan olinadigan daromadlar kiritiladi. Ular bo‘yicha xarajatlar va daromadlar qatori alohida tarkiblangan holda umumiy summada moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tushiriladi. Operatsion daromadlar va xarajatlar o‘zining sof qiymati bo‘yicha ham moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tushirilishi belgilangan. Bunda operatsion jarayonlardan olingan daromadlar ular bo‘yicha xarajatlar qiymatiga farqlangan holda hisobotga foyda yoki zarar qatoriga tushiriladi.
Boshqa sotishlar bo‘yicha Respublika Soliq kodeksiga muvofiq alo- hida soliqlar to‘lovi qo‘llaniladi, shuningdek, mahsulot (ish va xizmat)larni sotishga soliqlar daromad yoki tushumlarning bu qatori bo‘yicha ham amal qiladi. Boshqa sotishlardan sof tushum summasi ham mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumni aniqlashdagi kabi uslubiy bog‘lanishga ega.
Operatsion jarayonlardan daromadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. Korxonada ortiqcha sanalgan yoki foydalanilmayotgan asosiy vositalarni sotishdan olingan natija, ularni hisobdan chiqarishdan olingan natija, nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish va sotishdan olingan natija, kapital qo‘yilmalar bo‘yicha natija, uzoq muddatli ishlatishga olingan, lizing qo‘llovidan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan daromadlar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotishdan olingan daromadlar, material va xomashyolarni sotishdan olingan daromadlar, valuta mablag‘larini sotishdan olingan daromadlar, ular bo‘yicha sarflar va yo‘qotishlarni o‘z ichiga oladi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan korxonada joriy yilda jami 106824 ming so‘mlik operatsion faoliyatdan foyda ko‘- rilgan bo‘lsa, 189652 ming so‘mlik zarar ko‘rilgan. O‘tgan yilga nisba- tan korxonaning operatsion faoliyatidan ko‘rgan foydasi 8187 ming so‘mga, zarari esa 11398 ming so‘mga o‘sgan. Ma’lumotlardan ko‘rina- diki, operatsion faoliyatdan ko‘rilgan foydaning asosini asosiy vositalar- ni hisobdan chiqarish va sotish, xorijiy valutalarni sotish, materiallarni sotishdan bo‘lgan foyda tashkil etgan. Operatsion faoliyatdan ko‘rilgan zararlarning asosiy qismini esa asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va sotish hisobiga, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotish hisobiga bo‘lgan. Qimmatli qog‘ozlar sotishdan olingan zarar summasi esa hisobot yilida bir qadar kamayishiga erishilgan.
jadval
|
| |