Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda sum- masini ifodalaydi.
R= sof foyda korxona mulki jami
× 100 %.
O‘z mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarak- terlaydi. Korxona sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi.
R= sof foyda korxona o‘zlik mablag‘lari
× 100 %.
Qarz mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda summasini ifodalaydi.
R= sof foyda
qarz mablag‘lari jami
× 100 %.
Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lari rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va moddiy aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. U har bir so‘mlik asosiy va aylanma mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi.
R= sof foyda
asosiy va aylanma mablag‘lari o‘r. yil. qiym.
× 100 %.
Bugungi kunda amaliyotda keng tarqalgan rentabellik ko‘rsatkich- larining ayrimlarini quyidagi jadval misolida tahlil qilib chiqamiz.
jadval
|