|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida rentabel- likning quyidagi turlari aniqlanadi
|
bet | 207/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida rentabel- likning quyidagi turlari aniqlanadi:
Ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan rentabellik;
R= sof foyda
ishlab chiqarish xarajatlari
× 100 %.
Ushbu ko‘rsatkich bir so‘mlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.
Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabelligi har bir so‘mlik yoki ming so‘mlik asosiy vosita hisobiga to‘g‘ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
R= sof foyda
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
× 100 %.
Sotish bo‘yicha rentabellik. Sotish bo‘yicha rentabellik sotilgan mahsulotlarning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Ushbu ko‘rsatkich sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan tushumga bo‘lish asosida aniqlanadi, ya’ni:
R= sotishdan olingan foyda sotishdan olingan tushum summasi
× 100 %.
Aylanma aktivlar rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktiv- larning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi. Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summa- sini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
R= sof foyda
aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
× 100 %.
|
| |