• Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar
  • Foydaning gorizontal tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet196/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Foydaning gorizontal tahlili







    Ko‘rsatkichlar

    O‘tgan yil

    Hisobot yili

    Hisobot yili
    o‘tgan yilga nisbatan, %

    Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum

    4547,8

    6548,9

    144,0

    Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)
    tannarxi

    2865,5

    4449

    155,2

    Yalpi foyda (1 satr-2 satr)

    1682,3

    2099,9

    124,8

    Balans aktivi

    7744,5

    10543,7

    136,1

    Davr xarajatlari

    435,9

    572,5

    131,3

    Sof foyda

    32,1

    112,6

    350,8



    Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar:

    • tushumning o‘sish sur’ati (1,44)ning balans aktivining o‘sish sur’ati (1,36) ga nisbatan yuqori bo‘lishi balans aktivi aylanishining tezlashishiga, samaradorligining ortishiga olib kelgan;

    • sof foyda (3,508)ning yalpi foyda (1,248) ga nisbatan o‘sish sur’atini yuqori bo‘lishi korxonada soliq siyosati ratsional tarzda tashkil etilganligini ifodalaydi;

    • sotishdan kelgan tushum (1,44) o‘sish sur’atining yalpi foyda (1,248) ga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi ishlab chiqarish xarajatlari- ning ortib ketishiga olib kelgan;

    • sotishdan kelgan tushumning davr xarajatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi davr xarajatlaridan nisbiy iqtisodga 55,1 mln so‘m [572,5-(435,9x1,440)] olib kelgan.

    Vertikal tahlil orqali foyda turlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarish- larga baho beriladi. Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foydaga nisbatan yalpi foyda, davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromad, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, umumxo‘jalik faoliyatining foydasi,
    favqulodda foyda va zararlarning tutgan ulushlari o‘tgan yildagi ma’lu- motlar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosa qilinadi.



      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   316




    Download 1,74 Mb.