• Sof foyda (zarar).
  • Foydaning shakllanishi.
  • Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)




    Download 1,74 Mb.
    bet195/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq

    to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliya- viy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat bo‘ladi.



    1. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi.

    Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda summasidir, lekin sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratma- lar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
    Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat sotilgan mahsulotniggina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini o‘zida ifodalaydi.
    Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va operatsion xarajatlar kiradi.
    Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha xarajatlar, bank xizmat haqi xarajatlari, valuta kursining tushib ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi.
    Favqulodda xarajatlar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi.

    Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo‘lgan foydaga:


      • Nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan xarajatlar yoki doimiy tafovutlar qo‘shiladi;

      • Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha tafovutlar qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi;

      • qabul qilingan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda soliqlar bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi.

    Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot yil bo‘yicha har bir chorakka jamlangan hisobda tuziladi. Uni topshirish organlariga soliq idoralari, bank tashkilotlari, yuqori tashkilotlar kiritiladi. O‘lchov qiymati ming so‘m hisobida hisobga olinadi, shuningdek, ushbu hisobot
    shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida budjetga to‘lovlari hisobi ham kiritilgan. Unda korxona tomonidan respublika va mahalliy budjetga to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

    Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi

    Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum
    -





    -
    +



    Moliyaviy faoliyat daromad va xarajatlari saldosi

    Asosiy faoliyat foydasi


    +
    -




    Favqulodda foyda, zararlar

    Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi
    +
    -




    Soliq to‘lagunga qadar
    foyda

    -

    Foyda solig‘i va yig‘imlar


    Sof foyda




      1. chizma. Foydaning shakllanishi.

    Foyda mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar faoliyatini baholash ko‘rsatkichi va rag‘batlantirish manbayidir.
    Shu tufayli faoliyatni obyektiv baholash uchun foyda tarkibi, tuzili- shi, uni tashkil etuvchi elementlarini dinamik tarzda chuqur o‘rganmoq lozim.
    Foyda nafaqat mahsulot birligi uchun qilingan xarajatlarni qisqartirish, balki mahsulot sotish hajmining belgilangan assortimentda
    ortishi, talab va ehtiyojni hisobga olgan holda yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarishga erishishga ham bog‘liq. Shu bois korxona faoliyatining barcha tomonlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda foyda kompleks tarzda tahlil etilishi maqsadga muvofiqdir. Foyda miqdorini tahlil etishda gorizontal va vertikal tahlil metodlari muhim o‘rin tutadi.



        1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)

    Download 1,74 Mb.