|
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi
|
bet | 194/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi quyidagi bog‘lanishlarda, ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan foyda summasidan davr xarajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va boshqa umumxo‘jalik xarajatlarini chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoli- yatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to‘g‘ri- sidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko‘rsatkichlar kiritilgan.
sho‘ba va qo‘shma korxonalardan olingan dividendlar;
boshqa olingan dividendlar;
sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo‘yicha foizlar;
boshqa to‘langan va olingan foizlar;
valuta kursining o‘zgarishidan farqlar;
moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo‘shish asosida umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to‘loviga qadar foyda sum- masidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasiga farq qiladi.
Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy nati- janing shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkib- lanadi.
Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) – korxona tomonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug‘ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo‘qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi.
Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi.
Kutilmagan suv toshqini, yong‘inlar, tabiiy ofatlar ta’siridagi yo‘qo- tishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo‘yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqqa tortish bo‘yicha hech qanday farqlanish yo‘q. Agar foyda olinadigan bo‘lsa, u bo‘yicha ham tegishli tartibda soliq to‘lanadi, zarar olinadigan bo‘lsa, umumxo‘jalik faoliyati- dan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo‘lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo‘lishi mumkin.
|
| |