|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 190/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarning qatnash- chilarning kapitaldagi omonatlaridan farq etuvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishidir.
Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chi- qib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburi- yatlarning yuzaga kelishidir.
Daromad va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy xususiyatlarini belgilaydi, ammo ularni moliyaviy natijalar hisobotida aks ettirishda talab qilinadigan mezonlarni aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi.
Moliyaviy natijalar tahlilida daromad va xarajatlarning o‘zaro farqlanishidagi holatga baho beriladi. Moliyaviy natijalar foyda va zararlarning shakllanish qatorlari bo‘yicha o‘zgarishlari o‘rganiladi. Foyda va zararlarning omilli tahlili olib boriladi. Korxonada moliyaviy
natijaviylikni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi va ularni yo‘lga qo‘yishning chora va tadbirlari belgilanadi. Korxonaning foydalilik darajasini xarakterlovchi rentabellik ko‘rsatkichi va uning omilli tahlili o‘tkaziladi.
Tahlil moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qish, vertikal tah- lil, gorizontal tahlil, trendli tahlil va ko‘rsatkichlarni aniqlash usullarida olib boriladi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tartiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasi, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi.
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko‘p qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlarga va nisbiy o‘zgarishlarga baho beriladi.
Gorizontal tahlilida esa moliyaviy natijalarning bo‘ylamasiga tarkiblanishi va ularning o‘zgarishlari o‘rganiladi.
Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ularning yillar bo‘yicha o‘zgarishi, dinamikasi yoki asos yiliga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi.
Moliyaviy natijalar tahlilida qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga esa korxona foydaliligi yoki natijaviyligi ko‘rsatkichlari, bozor aktivligi ko‘rsatkichlari kiritiladi. Korxona foydaliligini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida rentabellik ko‘rsatkichlari olinadi. Bozor aktivligi ko‘rsatkichlariga aksiyalar, qimmatli qog‘ozlarning foydalilik darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Ular qatoriga bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan hisob foydasi (soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda), bitta aksiya to‘g‘ri keladigan sof foyda, bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan dividend summasi, aksiyaning bahosi va foydasi orasidagi nisbat koeffitsiyentlari kiradi.
Moliyaviy natijalar tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan olib boriladi. Ichki subyektlar tomonidan olib boriladigan tahlil ichki moliya- viy tahlil qatoriga kiritilib, faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi.
Tashqi tahlil subyektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aksionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bi- lan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin sohibkorlar kirishi mumkin.
Ularni ko‘proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo‘yicha o‘zgarishlari qiziqtiradi. Agar aksiya egasi bo‘ladigan bo‘lsa,
uni sof foyda va dividend to‘loviga tortiladigan foyda summasi, soliq idorasini esa soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda va unga qayta qo‘shi- ladigan xarajat moddalari, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo‘yicha erishilgan iqtisodiy foydasi qiziqtiradi.
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda moliya- viy tahlilning eng asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydalilik darajasiga baho berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalari tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
biznes-rejada belgilangan foydalilik darajasiga erishilganligi va unga ta’sir etgan omillarni o‘rganish hamda baho berish;
foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligini tekshirish;
foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yalpi foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan foydaning shakllanishiga va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda baho berish;
sof foydani ko‘paytirish yo‘nalishlarini belgilab berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rentabellik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy rentabellik darajasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy natijalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning biznes-reja ma’lumotlari;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida»gi hisobot (2-shakl) ma’lumotlari;
buxgalteriya hisobining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi tegishli schot ma’lumotlari.
|
| |