|
Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida moliyaviy koeffitsiyentlar quyidagi tartibda aniqlanadi
|
bet | 174/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida moliyaviy koeffitsiyentlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
O‘z mablag‘larining manbalari (480 satr)
Balans jami (780 satr)
To‘lov qobiliyati koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
Joriy aktivlar (390 satr)
Majburiyatlar (770 satr)
Qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
Majburiyatlar – uzoq muddatli majburiyatlar
O‘z mablag‘larining manbalari (480 satr)
Zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan qoplanganlik koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
O‘z mablag‘lari manbalari + uzoq muddatli majburiyatlar – uzoq muddatli aktivlar (480+490-130 satr)
Tovar-moddiy zaxiralar (140 satr)
Mablag‘larning chaqqon harakatchanlik (manyovrlashganlik) koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi:
O‘z mablag‘lari manbalari + uzoq muddatli majburiyatlar – uzoq muddatli aktivlar (480+490-130 satr)
O‘z mablag‘larining manbalari (480 satr)
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko‘ra, xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvoliga to‘g‘ri baho berish uchun buxgalteriya balansiga asoslangan holda moliyaviy koeffitsiyentlardan foydalanamiz. Shunga ko‘ra, korxonaning moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti yil boshiga nisbatan 0,176 koeffitsiyentga yoki 17,6 % ga o‘sgan. To‘lov qobiliyati koeffitsiyenti yil boshiga nisbatan 2,162 koeffitsiyentga o‘sgan. Mazkur koeffitsiyentlarning bunday tartibda o‘zgarishi korxonaning moliyaviy holatini joriy yil boshiga nisbatan yil oxirida birmuncha yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari korxonada majburiyatlarning o‘z mablag‘lariga nisbatan ulushini pasayganligini ham ijobiy baholamoq lozim, ya’ni bu korxonaning majburiyatlarini qisqarganligidan dalolatdir. Mablag‘lar harakatchanligi esa yil boshiga nisbatan yil oxirida 0,127 koeffitsiyentga o‘sgan. Bu esa korxonada aylanma mablag‘larga bo‘lgan talabni yanada to‘laroq qondirib borish imkonini beradi. Umuman olganda korxona ma’lumotlari asosida uning moliyaviy koeffitsiyentlari o‘rganilganda, ushbu koeffitsiyentlarning o‘zgarishi ijobiy bo‘lgan.
Korxonaning to‘lov qobiliyati tahlili
Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-kitoblarni bajarishadi. Shuningdek, davlat budjeti, moliya,
bank, sug‘urta va kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob berishni belgilangan muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta ahamiyatga ega.
To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larni yetarli yoki kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo‘lgan qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi ma’lumotlarga asoslanib, to‘lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun korxonaning to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini solishtirish mumkin.
To‘lov mablag‘lariga pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovar va mahsu- lotlar qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tushum va boshqalar kiradi, shuningdek, qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha to‘lov majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag‘ va qo‘shimcha korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to‘lov majburiyatlarini bajarishdagi manba bo‘lishi kerak. To‘lov majburiyatlariga mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga, budjet va sug‘urtaga, mehanat haqi, turli xil kreditorlarga bo‘lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan mablag‘lar solishtiriladi.
Korxona balansi aktividagi moddalarni pulga aylanishi aktiv likvidligi, to‘lovga qodirlik (to‘lov qobiliyati) esa muddatida va to‘liq hajmda qarzlardan uzulishni ifodalaydi.
To‘lovga qodirlikning zarur va muhim sharti likvidlikdir.
«To‘lovga qodirlik» so‘zi keng ma’noni anglatadi, chunki u aktivdagi moddalarni tez pulga aylanishidan tashqari, savdo, kredit va boshqa pul muomalalari bilan bog‘liq majburiyatlarni muddatida va to‘liq hajmda bajara olish qobiliyatini ham ifodalaydi.
85-jadval
|
| |