Moliyaviy tahlilning yo‘naltirilganligi nuqtayi nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin




Download 1,74 Mb.
bet155/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Moliyaviy tahlilning yo‘naltirilganligi nuqtayi nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin:


      • gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalov- chi ko‘rsatkichlar o‘tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko‘rsatkich- larning dinamikasi aniqlanadi;

      • vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatkich- larning tarkibiy tuzilmasi o‘rganiladi. Masalan, korxona mablag‘larining yoki ularni qoplovchi manbalarning hisobot davridagi tarkibi va uni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi ifodalanadi;

      • nisbiy ko‘rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi aloqa o‘rganiladi. Masalan korxona mablag‘larining va ularning manbalari o‘rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o‘rtasidagi aloqa ifodalanadi;

      • taqqoslash tahlilida korxona bo‘yicha moliyaviy holat uning alohida kichik bo‘limlari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati

bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahlil etiladi.
Korxanalar faoliyatini o‘rganishda buxgalteriya hisoboti asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ular moliyaviy ma’lumotlarning umumlash- tirilishi natijasida tuziladi hamkorlikda ishlovchilar o‘rtasida bir-birini o‘rganish vositasi bo‘ladi.
Hisobot ma’lumotlari asosida korxona faoliyatini o‘rganishga qizi- quvchilarni shartli ravishda bevosita va bilvosita talabgorlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mulk egalari, qarz beruvchi, mol yetkazib beruvchi, xaridorlar, soliqchilar, moliyachilar, korxona ishchi va rahbar xodimlari kiradi. Har bir qiziquvchi o‘zining manfaati va talabiga qarab moliyaviy hisobotlarni tahlil etadi. Mulk egasi sarmoyadan qanchalik samarali foydalanilayotganligi, qo‘shma olinadigan daromad summasi bilan qiziqsa, qarz beruvchi berilgan mablag‘ni qaytarib olish imkoniyatini oldindan bilishga harakat qiladi. Bilvosita qiziquvchi iste’molchilarga auditorlik firmalari, birjalar, assotsiatsiya vakillari, matbuot xodimlari, kasaba uyushmalari va boshqalar kiradi. Ular moliyaviy holatga aloqador bo‘lmasada, birinchi guruh talabgorlarining manfaatini himoyalash maqsadida hisobot ma’lumotlarini o‘rganadilar.
Moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliya- tiga to‘g‘ri baho berish muhim vazifadir. Ushbu kitobda buxgalteriya hisoboti asosida korxonalar faoliyatining moliyaviy tahlilini o‘tkazish uslubi bayon etilgan. U moliyaviy hisobotni o‘rganishga qiziquvchi tadbirkorlar, soliq, moliya, bank tizimi xodimlari va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, xususiy va boshqa shakldagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy ahvolini o‘rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o‘z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, xususiy va qarz mablag‘larining to‘g‘ri nisbatga bo‘lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarning moliyaviy holati ko‘p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy taqsimlanish mexanizmiga bog‘liqdir. Barqarorlik bo‘lgan joyda barcha xo‘jalik muomalalari va hisob-kitoblar o‘z vaqtida bajariladi. Shu bois, bozor, sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va o‘rganishga e’tibor kuchaymoqda.

Download 1,74 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy tahlilning yo‘naltirilganligi nuqtayi nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin

Download 1,74 Mb.