Ohak ishlab chiqarishning xossalarini tahlil qilish




Download 31,14 Kb.
Sana02.10.2024
Hajmi31,14 Kb.
#273191
Bog'liq
Оhaktosh ishlab chiqarishning xossalari......


Ohak ishlab chiqarishning xossalarini tahlil qilish .


Rajabova M.M – mustaqil tadqiqotchi, Aslonov B.M –o‘qituvchi-stajor,
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
O’zbekiston, Buxoro shahri, Qayum Murtazoyev ko’chasi, 15-uy
Тел.: +9989996664334
E-mail: javohir20201995@gmail.com
Tarkibida 8% gacha tuproq bo‘lgan kalsiy va magniy karbonat tog‘ jinslaridan —bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan va mergelli ohaktoshni pishirib juda arzon, havoda tez qotadigan bog‘lovchi material—ohak olinadi. Olingan mahsulot bo‘lak-bo‘lak oq yoki kulrang bo‘lib, u suvsiz kalsiy oksid va magniy oksiddan iborat. Bunga so‘nmagan bo‘lak yoki kesak ohak deyiladi, uni maydalab qaynovchi ohak olinadi. Kondan keltirilgan ohaktosh, asosan shaxtali, qisman aylanma yoki doira shaklidagi xumdonlarda 950—1100°Cda pishiriladi. Shaxtali pechlar balandligi bo‘ylab quritish, qizdirish, pishirish va sovitish bo‘limlariga ajratilgan. Xumdonning balandligi 20 m, ichki diametri 4 m gacha. Xumdonga solingan 120 t ohaktosh 24 soatdan so‘ng bo‘lak- bo‘lak ko‘rinishidagi ohakka aylanadi. Yoqilg‘i xarajati kuydirilgan ohakning 15... 17% ni tashkil etadi.
So‘nmagan ohakka suv ta’sir etsa, u quyidagi reaksiya asosida so‘nadi:
CaO +H2O = Ca(OH)2 + 1160 J.
Agar so‘nmagan ohak bo‘laklariga kam miqdorda (35...50%) suv solinsa, u maydalanib so‘nadi va kukunsimon ohak hosil bo‘ladi. Qurilishda so‘ndirilmagan ohak maxsus gidratlagichlarda kukun qilib keyin so‘ndiriladi. Ohak qurilishga bo‘lak-bo‘lak, kukun, xamir yoki so‘ndirilmagan kukun holida keltiriladi. Bo‘lak-bo‘lak ohakning zichligi 2300...2400 kg/m3, kukun ohakniki 500 kg/m3, tuyilgan ohakniki esa 600 kg/m3.Ohak xamirning shirali va shirasiz xillari ham bor. Shirali ohakning so‘nish davri shirasiz ohaknikiga nisbatan kam.0hak so‘nish tezligiga ko‘ra, tez so‘nuvchi (ko‘pi bilan 8 minut), o‘rtacha so‘nuvchi (ko‘pi bilan 20 minut) va sekin so‘nuvchan (kamida 25 minut) turlarga bo‘linadi.Ayrim hollarda, ohakning so‘nish vaqtini tezlatish maqsadida unga issiq suv qo‘shiladi. 0hak so‘ndirilgandan so‘ng u 1—2 kun tinch holatda saqlanadi.Oddiy ohak xamiri bilan tayyorlangan qurilish qorishmasining qotishi bir necha kun davom etsa, so‘nmagan ohak qorishmasi 30...60 minutda qotadi. Bundan tashqari, so‘ndirilmagan ohak kukuni kam suv talab etadi. Shuning uchun so‘ndirilmay tuyilgan ohak qorishmasining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, zichligi va chidamliligi so‘ndirilgan ohaknikidan birmuncha ko‘p. Ohak qorishmasining qotishiga, asosan ikki faktor ta’sir ko‘rsatadi: o‘ta to‘yingan qorishmaning qotish jarayonida unda kalsiy gidroksidning kristall holda ajralishi sodir bo’ladi.
1-jadval. Ohak navlarining fizik ko‘rsatkichlari

t/r

Ohak navlari

Tarkibi (CaO) hisobida %

So‘nish davri min

Ajraladfigan energiya miqdori (J)

Zichligi (gr/sm3)

1

Oliy nav

96

30

1230

650

2

Birinchi nav

90

22

1160

600

3

Ikkinchi nav

85

18

1050

580

4

Past navli ohak

75

15

950

550

Bu jarayon barcha ohakli moddalarda ro‘y berib, karbonlanish jarayoni deyiladi. Karbonlanish jarayoni, asosan, solishma qatlamning qalinligi va havodagi karbonat angidrid gazining miqdoriga bog‘liq. Shuning uchun ohakli qorishma bilan suvalgan devorda karbonlanish jarayoni tez sodir bo‘ladi. Ohak qorishmasining qotish jarayoni yuz beradigan bu ikki jarayon natijasida qorishmaga mustahkamlik beruvchi kalsiy karbonat (CaCO3) bilan kristallangan kalsiy gidroksid Ca(OH)2 hosil bo‘ladi.


Ohak qorishmasining qotish jarayonida kalsiy karbonat qorishmaning sirtida, kalsiy gidroksid esa ichki qismida hosil bo‘ladi. Kirishma sirtini zichlashtirgan qorishma ichkarisiga o‘tkazmaydi, natijada Ca(OH)2 ning kristallanishi sekinlashadi. G‘isht va toshdan devor terishda, suvoqchilikda ohak-qum, ohak-shlak va ohak-sement qorishmalari ko‘p ishlatiladi. Ammo ohakli qorishmalarni doimiy nam ta’sir etadigan joylarda, poydevorlar hamda ko‘p qavatli uy devorlarini qurishda, ishlatish mumkin emas.Ohak, asosan silikat betonlar, g‘ishtlar va boshqa avtoklav buyumlar uchun bog‘lovchi material hisoblanadi. Bo‘lak-bo‘lak ohak temir yo‘l vagonlarida, usti berk mashinalarda va konteynerlarda o‘yilgan holda tashiladi. Mayda qilib to‘yilgan ohak temir tunukali konteynerlarda, bitum shimdirilgan kog‘oz qoplarda tashiladi. So‘ndirilmagan ohakning barcha turlari qurilishda nam ta’sir etmaydigan usti berk xonalarda saqlanishi kerak. Agar ohak qog‘oz qoplarda bo‘lsa, uni 10—20 kun ichida ishlatib yuborish lozim tashiladi.

2-jadval. Ohakning dispers tarkibi.



t/r

Hajmi sinfi, mm



Fraksiya unumi, vazni. %



1

0,5

13,67

2

- 0,5 + 0,315

10,98

3

- 0,315 + 0,25

5,60

4

- 0,25 + 0,16

3,12

5

- 0,16 + 0,063

11,73

6

- 0,063 + 0,05

54,90

7

Dastlabki massa

100

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Аммиачная селитра: свойства, производство, применение / А.К.Чернышев, Б.В.Левин, А.В.Туголуков, А.А.Огарков, В.А.Ильин. М.: ЗАО «ИНФОХИМ», 2009, 544 с.
2. ГОСТ 21560.2 – 82. Удобрения минеральные. Методы испытаний. – М.: Госстандарт, 1982, 30 с.
3. Жмай Л., Христианова Е. Аммиачная селитра в России и в мире. Современная ситуация и перспективы // Мир серы, N, P и K. – 2004, № 2, с. 8-12.
4. Лавров В.В., Шведов К.К. О взрывоопасности аммиачной селитры и удобрений на её основе // Научно-тех-нические новости: ЗАО «ИНФОХИМ» - Спецвыпуск, 2004, № 2, с. 44-49.
5. Методы анализа фосфатного сырья, фосфорных и комплексных удобрений, кормовых фосфатов / М.М.Вин-ник, Л.Н.Ербанова, П.М.Зайцев и др. – М.: Химия, 1975, 213 с.
6. Поляков Н.Н., Жмай Л.А., Афанасьев А.Н. Производство известково-аммиачной селитры // Химизация сель-ского хозяйства. – 1988, № 4, с. 21-24.
7. Постников А.В. Производство и применение известково-аммиачной селитры // Химизация сельского хозяй-ства. – 1990, № 9, с. 68-73.
8. Пестов Н.Е. Физико-химические свойства зернистых и порошкообразных химических продуктов. – М.: Изд-во АН СССР, 1947. – С. 239.
9. Позин М.Е., Копылёв Б.А., Тумаркина Е.С., Бельченко Г.В. / Руководство к практическим занятиям по тех-нологии неорганических веществ – Л.: Госхимиздат, 1963. – С. 376.
10. Позин М.Е., Зинюк Р.Ю. Физико-химические основы неорганической технологии: Учеб. Пособие для вузов.- Л.: Химия, 1985. – С. 384.
11. Реймов А.М., Набиев А.А., Намазов Ш.С., Маденов Б.Д. Прочность гранул магниево-известковой аммиачной селитры // СамГУ научный вестник – 2016, № 5, с. 153-156.
Download 31,14 Kb.




Download 31,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ohak ishlab chiqarishning xossalarini tahlil qilish

Download 31,14 Kb.