|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 15/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Aniq baholash
|
Aktivlar va foydaning joriy davr bozor narxlarida qayta
ifodalanishi
|
Uzluksizlik
|
Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha
jarayonlarni o‘z yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishi
|
Boshqa tamoyillar
|
………………………………………………
|
Fanlar sistemasida tahlilning tutgan o‘rni
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil fanining boshqaruvdagi o‘rni ortib bormoqda. Iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar zamirida vujudga keldi va ko‘pgina fanlarga nisbatan yangidir. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllandi va rivojlandi. Shunga qara- may, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy tahlil fani mazmuni va tarkibi jihatidan tubdan o‘zgardi. Rejali iqtisodiyot sharoitida barcha fanlar singari iqtisodiy tahlil fani ham rejaning bajarilishini nazorat qilish, unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, yuqoridan ko‘r-ko‘rona tushirilgan rejani asoslashga qaratilgan edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil haqiqatdan ham amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mulk va ish egalariga xizmat qiladigan bo‘ldi. Oldinlari korxonalarning xo‘jalik faoliyati yuqori tashkilot va davlat nuqtayi-nazaridan tahlil qilingan bo‘lsa, endilikda bevosita shu korxona, uning mehnat jamoasi va mulk egasi nuqtayi-nazaridan tahlil qilinadigan bo‘ldi, biroq barcha hollarda ham davlatning manfaati hisobga olinadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida ham korxona bilan davlat o‘rtasidagi aloqalar erkin ravishda o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy jarayonlar va mu- nosabatlardagi bunday o‘zgarishlar har bir fan va iqtisodiy mexanizmlar mazmunini sifat jihatidan yangilashni, tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Iqtisodiy tahlil xo‘jalik munosabatlaridagi obyektiv zarurat talabi- dan kelib chiqqan aniq fan bo‘lishiga qaramasdan boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, usul-uslublar, tamoyillar kabilarga rioya qiladi, ya’ni ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Jumladan, iqtisodiy tahlil umumiqtisodiy nazariya fani bilan bevosita aloqadordir, chunki, obyekt- larni iqtisodiy tahlil qilish umumiqtisodiy qonunlarga asoslanadi va umumqabul qilingan kategoriyalardan foydalaniladi. Umumiqtisodiy nazariya fanida kategoriyalar va atamalarning mohiyati hamda mazmuni ochib beriladigan bo‘lsa, iqtisodiy tahlilda esa ushbu kategoriyalar va atamalar fanning usul-uslublaridan foydalangan holda turli tomondan o‘rganiladi. Misol uchun, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi katego- riyasini oladigan bo‘lsak, umumiqtisodiy nazariya fanida ushbu katego- riyani mohiyati va mazmuni nimadan iborat ekanligi, qanday aniqla- nishi, tarkibi nimalardan iborat bo‘lishini bilib olishimiz mumkin. Iqtiso- diy tahlil fanida esa mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatki- chini davrlar, ularning tarkibidagi o‘zgarishlar hamda o‘zgarishlarga ta’sir etgan omillar va shu kabilar bo‘yicha tahlil qilishimiz mumkin.
Tabiat, jamiyat va tafakkurni rivojlanishi haqidagi falsafiy ta’limotlardan ham tahlilda foydalaniladi, ya’ni umumiy rivojlanish, o‘rganilayotgan jarayonga dialektik qarash va hokazolar.
|
| |