|
Kapital qo‘yilmaning hisobot yili bo‘yicha rentabellik darajasi tahlili
|
bet | 298/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Ko‘rsatkichlar
|
Hisobot yili
xarajatlari
|
Foyda
|
Rentabellik
|
Farqi (+,)
|
Reja
|
Haqi-
qatda
|
Reja
|
Haqiqat-
da
|
Reja
|
Haqi-
qatda
|
|
Jami xarajatlar
|
|
|
|
|
|
|
|
shu jumladan:
|
859
|
893
|
304
|
311
|
35.4
|
34.8
|
-0.6
|
Asosiy vositalarning
|
|
|
|
|
|
|
|
joriy xarajatlari
|
165
|
165
|
x
|
x
|
|
|
|
Aylanma aktivlari
|
694
|
728
|
x
|
x
|
|
|
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada rentabellik darajasi aytarli darajada keskin o‘zgarmagan. Biroq +0.6 miqdordagi nisbiy daraja ham ma’lum ma’noda ijobiy holat deb bo‘lmaydi. Buning asosiy sababi oborot aktivlaridan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardir (sababi – jadvalda aytib o‘tilgan).
Kapital qo‘yilma bo‘yicha rentabellik darajasi dinamikasi.
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
34,8
|
28
|
23
|
18
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki kapital qo‘yilma bo‘yicha rentabellik darajasi yildan yilga pasayib borgan. Buning asosiy sababi mahsulot bahosi oshmagan holda, unga sarflanuvchi materiallar hamda mehnat haqi qiymati oshib borganligidir. Bu korxonada mazkur yo‘nalishga mablag‘ saflanayotganda yoki investitsiya qilinayotganda loyihani va unga muvofiq keluvchi rejani ishlab chiqishda bozor holatini keskin o‘zgarishini oldindan ko‘ra olmaganligidir. Biroq loyiha va rejaning ijobiy tomoni, dastlabki yillardayoq kapital qo‘yilmaning 60% dan oshiq qiymatini qaytarib olmoqda hamda ularni reinvestitsiya qilmoqda. Biroq. keyingi ikki yilda bu jarayon keskin pasaydi. Eng asosiy kapital qo‘yilma inflyatsiya sur’atini ham hisobga olgan holda o‘z qiymatini to‘rt yil ichida qoplamoqda.
Ishlab chiqarishga sarflangan investitsiyalarni tahlil qilishda ular- ning moliyalashtirish manbalarini ham alohida o‘rganib chiqish talab etiladi. Chunki, majburiyat asosida moliyalashtirish, o‘z qiymati bilan
birgalikda ma’lum bir foiz to‘lovini ham keltirib chiqaradi. Bu esa, erishilgan foydani pirovard natijada kamayishiga ta’sir etadi.
Muayyan faoliyatni investitsiyalash jarayonida uzoq muddatli aktivlarni jalb etishda o‘z mablag‘lariga sotib olish, kredit, lizing yo‘li yoki ijara munosabatlari bilan olish variantlari ham o‘zaro taqqoslanib eng yaxshi deb topilgan tadbir tanlab olinadi. Bunda qiymat jihatdan eng arzon, qaytimi o‘z o‘simiga ega, moliyalashtirishning qulayligi kabi jihatlariga e’tibor beriladi.
Aylanma mablag‘lardan unumli foydalanishda ham yuqorida aytib o‘tilgan tomonlar chuqur tahlil talab qilinadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya yo‘nalishini ishlab chiqarishga burish eng avvalo alohida jamoa hamda davlat manfaatlariga mos tushadi. Chunki moddiy ne’matlar ko‘payadi hamda iste’mol qililadi.
Investorlarga esa ishlab chiqarishni rivojlantirganligi uchun soliq qonunchiligi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar beriladi.
|
| |