Taklif etilayotgan loyihalarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar




Download 1,74 Mb.
bet295/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Taklif etilayotgan loyihalarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar





Ko‘rsatkichlar

«A» loyiha

«B» loyiha

1

2

3

1.Investitsiyalar,
ming so‘m;

600

650

2.Tushum, ming so‘m 1-yilda
2-yilda 3-yilda 4-yilda 5-yilda
jami 5 yilda

270
200


120
90
70
750

400
350


100
50
0
900

3. Foyda, ming so‘m

150

250

4.O‘rtacha yillik foyda, ming so‘m

30

50

5. Investitsiyalarning 5 yillik rentabelligi,%

25

38

6. Investitsiyalarning o‘rtacha yillik rentabelligi,%

5

7.6

7. Inflatsiyaning rejalashtirilayotgan (ko‘zda
tutilayotgan) o‘rtacha yillik sur’atlari,%

4

4

8. Bank krediti foizining o‘rtacha yillik stavkasi, %

10

10

Har ikkala loyihalarning o‘rtacha yillik rentabellik darajasi investit- siyaning o‘sish sur’atlaridan yuqoriroqdir. Lekin «B» loyiha bo‘yicha bu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq (7.6%-4.0%=3.6%) «A» loyiha bo‘yicha xuddi shu ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqdan (5.0%-4.0%=1.0%)


kattaroqdir. Bu narsa, o‘z navbatida, masalani (tanlashni) «B» loyiha foydasiga hal etilishini taqozo etadi.

  1. Investitsiyalarning qoplanish muddatlarini (davrlarini) taqqos- laymiz:

Shubhasiz, «B» loyiha bo‘yicha investitsiyalar tezroq qoplanadi. Lekin, shu narsani alohida ta’kidlash zarurki, loyihalarning qoplanish muddatlari jihatdan taqqoslash qo‘yilmalar samaradorligini atroflicha tahlil qilinishi lozim bo‘lganda emas, balki ochiqdan ochiq yoki aniq kerak bo‘lmagan, bo‘lmayotgan loyihalarni tezroq yo‘qqa chiqarish talab qilingandagina maqsadga muvofiqdir.
Shu sababli, taqqoslashlarimizni davom ettiramiz.

  1. Talab qilinayotgan investitsiyalarning hajmi yoki miqdorlarini taqqoslaymiz:

«B» loyiha «A» loyihaga nisbatan 50 ming so‘m qimmat. O‘z navbatida, bu narsa moliyalashtirishda ma’lum qiyinchiliklarni tug‘di- rishi mumkin.

  1. Loyihalarni tushumlarning barqarorligi nuqtayi nazaridan taqqoslaymiz.

«A» loyiha mablag‘lar oqimining 5 yil davomida davom etishini,
«B» loyiha esa – faqat 4 yil davom etishini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda «B» loyiha bo‘yicha tushumning asosiy qismi birinchi ikki yilda tushayotir, so‘ng keskin kamayish sodir bo‘layotir va 5-yilda esa tushum «0» ga teng . Shu o‘rinda biz uchun nima muhimroq: 5 yil davomida u yoki bu darajadagi barqaror pul mablag‘larining oqib kelishimi yoki birinchi 2-3 yil davomida pul mablag‘lari asosiy qismining yig‘ilishimi? O‘zimiz uchun bu savolga javob beramiz va qiyoslashni davom ettiramiz.

  1. Butun 5 yil davomida investitsiyalarning rentabelligini taqqos- laymiz:

Bu o‘rinda «B» loyiha ma’lum afzalliklarga ega. Lekin biz hali vaqt omilini inobatga olganimiz yo‘q. Diskontlashtirishni amalga oshirish kerak.

  1. Diskontlashtirishni hisobga olgan holda butun 5 yil uchun investitsiyalarning rentabelligini qiyoslaymiz.

Buning asosi sifatida yillik bank krediti foiz stavkasining darajasini 10% deb olamiz.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga va xulosalarga asoslangan holda investitsion qarorlar qabul qilishning asosiy va bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lgan quyidagi mezonlarni ko‘rsatishimiz mumkin:

  1. Yanada foydaliroq alternativ variantning yo‘q ekanligi.

  2. Inflyatsiyadan ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan zararlar(yo‘qotmalar) riskini minimallashtirish.

  3. Xarajatlar qoplanish muddatining qisqaliligi.

  4. Loyihaning arzonligi.

  5. Tushumning barqarorligini ta’minlash.

  6. Yuqori darajadagi rentabellik.

  7. Diskontlashtirilgandan so‘ng rentabellikning yuqori darajaligi.




    1. jadval

Download 1,74 Mb.
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taklif etilayotgan loyihalarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar

Download 1,74 Mb.