Investitsiya resurslarini shakllantirish siyosatini ishlab chiqish




Download 1,74 Mb.
bet291/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Investitsiya resurslarini shakllantirish siyosatini ishlab chiqish


Bugungi kunda vatanimiz korporatsiyalari, shu jumladan, xolding kompaniyalari oldida turgan asosiy muammolardan biri ishlab chiqa- rishni yangilash va yangi texnologiyalarni joriy etish, tarkibiy qayta tuzish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda boshqa mablag‘talab loyihalar uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni qidirib topish hisoblanadi. Investitsiya siyosatini shakllantirish siyosati kompaniya investitsiya strategiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan bo‘lib, uni ishlab chiqish kompaniya oliy rahbariyati va kuzatuv kengashining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va aynan texnologik maqsadlarga integrat- siyalashmagan kichikroq korxonalarga qaraganda yirik integratsiya- lashgan korporatsiyalarda investitsiya strategiyasining roli beqiyos katta.


Investitsiya strategiyasini amalga oshirishning samarali yo‘lini ishlab chiqish o‘zida quyidagilarni, ya’ni:

  • investitsiya faoliyatining strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • investitsiya resurslarini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishni mujassam etadi.

Investitsiya faoliyati yo‘nalishlarini ishlab chiqish bosqichida moliyalashtirish manbalari va jalb etiladigan asosiy investorlarni qidirish ishi bilan boshlanishi lozim.
Kompaniya investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalarining maqbul tizimini qidirish korporativ boshqaruvning eng muhim vazifa- laridan hisoblanadi.
Ma’lumki, kompaniyaning sof foydasi va amortizatsiya investitsiya qilishdagi xususiy mablag‘ manbayidir.
Taqsimlanmagan foyda hisobiga moliyalashtirish, odatda, kompani-
yaning barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan sof foydasi miqdori hamda uni taqsimlash bo‘yicha hissadorlar qanday siyosat yuritishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda kompaniya zarur hisoblangan moliya- lashtirish manbayiga ega bo‘lishi uchun o‘zining bir qism aktivlarini sotishi mumkin.
Tashqi moliyalashtirish manbayi odatda bank kreditlari hisoblanadi. Ko‘plab korporatsiyalar qarz hisobiga moliyalashtirishni qo‘llashadi. Biroq hozirgi sharoitda bankning kreditlash imkoniyatlari ancha chegaralangan. Albatta, ba’zi xolding kompaniyalari xolding hamda hukumatning kafolati evaziga nisbatan qulay sharoitda kredit, jumladan, xorij kreditini olishlari mumkin. Biroq bu yo‘l bilan kompaniyaning yirik loyihalarini moliyalashtirish ancha muammoli masala.
Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati, qarz kapitali bilan xususiy mablag‘lari o‘rtasidagi oqilona nisbatni saqlay bilishi lozim.
Yuqori foizdagi qarz mablag‘lari bir qator ustunliklar berishi bilan birgalikda o‘ta xavfli tadbir ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Mabodo kompaniyaning daromadi qarz kapitalining bank foizlariga to‘lov bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplashga yetarli darajada bo‘lmasa, kompaniya sinish yoqasiga kelib qolishi mumkin. Shu boisdan qarz kapitalidan olinadigan foyda kompaniyaning bank foizlarini to‘lash xarajatlaridan kamida ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tajribali G‘arb moliya menejerlari faqat yetarli hajmdagi (50 foizdan yuqori) xususiy mablag‘gina kompaniyaning moliyaviy musta- qilligini mustahkamlashi mumkin deb hisoblashadi. Zero, faqat xususiy mablag‘largina qarzni qaytarishga to‘la imkoniyat yaratishga qodirligini ko‘rsatadi.
Biroq kompaniya hayotining alohida bosqichlarida sezilarli daraja- dagi tashqi qarzga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Hozirgi sharoitda Vata- nimizdagi juda ko‘plab korporatsiyalarda ana shunday vaziyat yuzaga kelgan.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi rivojlangan mamlakatlarda investit- siya resurslarini olishning eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi aksariyat qisqa muddatga beriladigan bank qarzlaridan farqli ravishda pul mablag‘larini uzoq muddatli (obligatsiya) hamda muddatsiz foydalanishga (aksiyaga) jalb etish imkonini beradi.
Korporativ obligatsiyalarni chiqarish yo‘li bilan fond bozoridan moliyaviy qarz olish butun dunyoda korxonaga investitsiyani jalb etish
usuli sifatida keng tarqalgan. Konservativ investorlar odatda, obligatsiyani sotib olishni ma’qul ko‘rishadi, chunki uning tavakkal xavfi kamroq hisoblanadi. Obligatsiya egasi korporatsiya daromadidan o‘z ulushini «birinchi navbatda olish huquqiga» ega. Zero, aksiya egalariga dividend to‘lovlarini obligatsiya egalariga barcha foiz to‘lovlari amalga oshirib bo‘linguncha amalga oshirish mumkin emas. Shunday qilib, korporatsiya sinmay turgan sharoitda obligatsiya egalariga yillik foiz to‘lovlari hamda kelishilgan muddat oxirida qarz summasi qaytarilishi kafolatlanadi.
Korporativ obligatsiyalar O‘zbekiston xolding kompaniyalarini rivojlantirish va tarkibiy qayta qurish uchun investitsiya jalb qilishga qodir eng istiqbolli qarz olish shakllaridan biri bo‘lib qolishi mumkin.
O‘zbek emitentlarining korporativ obligatsiyalar chiqarish sohasi- dagi tajribalari hozirdayoq mavjud.
Shuni qayd etish kerakki, obligatsiyalar chiqarilishi ham investitsiya loyihalari bozorining oyoqqa turishiga ko‘maklashadi. Bu pirovard natijada strategik investorlar uchun mablag‘ qo‘yiladigan ma’qul obyektlar doirasini kengaytirishga olib keladi.

    1. Download 1,74 Mb.
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Investitsiya resurslarini shakllantirish siyosatini ishlab chiqish

Download 1,74 Mb.