|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 288/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49«kapital qurilish» kategoriyalari investitsiyalarning tarkibiy qismidir.
Investitsiyaning iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, bu o‘rinda «investitsiya» tushunchasining moliyaviy, mulkiy va intellektual qadriyatlarni takror ishlab chiqarish in’ikosi bo‘lishini dast- labki va asosiy tushuncha bo‘lib maydonga chiqishini unutmaslik kerak.
Bizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991-yildan boshlab qabul qilindi va o‘tgan vaqt ichida ular ancha takomillashdi. Investitsiya to‘g‘risida qabul qilingan qonunda ko‘rsatilishicha investitsiya – bu iqtisodiy samara olish yoki ijobiy ko‘rinishdagi ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari, banklarga qo‘yilgan omonatlar kabilar, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi va investitsiya to‘g‘risida respub- likamizda qabul qilingan qonunning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda 3 ta turini ajratish mumkin:
Moliyaviy investitsiyalar.
Moddiy investitsiyalar.
Intellektual (aqliy) investitsiyalar.
Iqtisodiyotni modernitsiya qilish sharotida har bir investitsiya turining o‘ziga xos o‘rni bo‘ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonat- lar, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglash- tirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob- uskunalar, inshootlar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondla- rining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Intellektual (aqliy) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kirgan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlarining nechog‘lik rivojlanishiga, milliy bozorlarning o‘ziga xos tomonlariga qarab har xil bo‘ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau» kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ko‘rinishidagi investitsi- yalari yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini o‘z ichi- ga oladi.
Hamma turdagi investitsiyalar, ularning hajmidan qat’iy nazar, biror-bir investitsion jarayonning natijasidir.
|
| |