O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




Download 1,74 Mb.
bet290/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Investitsion bosqich – investitsiyalar ajratish, kapital qo‘yilmalar (xarajatlar) berish investitsiyalar harakatining bir bosqichidir, xolos. O‘zgarishlar zanjiridagi keyingi element investitsiyalar ajratishning kapital boyliklar bilan ifodalangan natijasi, samarasidir.
Shunday qilib, kapital boyliklarning shakllanishi investitsion kapital harakatining pirovardi, ya’ni uning yangi iste’mol qiymatlarini yaratish uchun tayyor bo‘lgan ishlab chiqarish omillariga aylanishidir. Investit- siyalar ajratish bosqichlari harakatining yig‘indisi barcha investorlarning investitsion faoliyatini tashkil etadi.
Investitsion faoliyatning tashabbuskorlari bo‘lib investorlar may- donga chiqadi. Investorlar o‘zlari qiladigan va qarzga olingan mulkiy va aqliy qadriyatlarni tadbirkorlik ishlariga ishlatish to‘g‘risida qarorga kelgan investitsion faoliyat subyektlaridir. Investorlar ulush qo‘shuvchi- lar, kreditorlar, xaridorlar rolida maydonga chiqadilar. Shuningdek, in- vestitsion faoliyatning boshqa qatnashchilari vazifasini bajarishlari mumkin.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsion faoliyat quyidagi yo‘l- lar bilan amalga oshiriladi:


  • jismoniy shaxslar, davlatga qarashli bo‘lmagan korxonalar, xo‘jalik uyushmalari, jamiyat shirkatlari, shuningdek, jamoat tashki- lotlari va yuridik shaxslar tomonidan mablag‘lar ajratish yo‘li bilan;

  • davlat tomonidan mablag‘lar ajratish yo‘li bilan, ayni vaqtda bu ishni hukumat va boshqaruv organlari investitsion va ssuda resurslarini budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash hisobiga amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning investitsion faoliyatdagi roli asosan,

fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantirish, malakali ishchi kuchini yetishtirib berish, ishlab chiqarish infrastrukturasiga ajratish singari qimmat turadigan jarayonlarga davlat sektori budjetidan yetarli mablag‘ berish bilan cheklanishi kerak. Bundan tashqari iqtisodiy mustah- kamlikni ta’minlash va fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish jamoat ishlab chiqarish sohalarini sog‘lomlashtirish, qoloq tumanlar ijtimoiy infrastrukturasini industrlashtirish hamda yaxshilash maqsadlarida iqtisodiyotni ustuvor sohalari davlat tomonidan ssudalar va subsidiyalar ko‘rinishida yordam berishi mumkin;

  • chet el fuqarolari, yuridik shaxslar va davlat tomonidan chet el investitsiyalari berish yo‘li bilan ;

  • mulkka egalik qilish huquqiga, bekamu-ko‘st xo‘jalik yuritish yoki operativ ravishda boshqarish huquqiga, shuningdek, daromadlar manbayiga, jamg‘armalarga ega bo‘lgan va qarzga beriladigan hamda jalb etiladigan mablag‘larni olish huquqidan foydalana oladigan chet el fuqarolari, yuridik shaxslar tomonidan investitsiyalar ajratish yo‘li bilan. Investorlar investitsiya obyektlari va natijalariga, jumladan, reinves- titsiyalar va savdo ishlariga egalik qilish va ularni o‘z ixtiyoridan kiritish huquqiga egadirlar. Investitsion faoliyat obyektlarining o‘zaro muno-

sabatlari, shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Investitsion faoliyatni mablag‘ bilan ta’minlash har xil mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi: o‘ziga qarashli va jalb etilgan mablag‘lar, belgilangan tartibda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar, zayomlar va boshqalar shular jumlasidandir.
Bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investitsiyani qaysi turini ko‘proq jalb qilishi kerak, degan savol tug‘iladi. Avvalo, biz bugungi kunda xorijiy moddiy investitsiyalarni o‘zlashtirishimiz zarur. Bu yangi texnologiyalar, «nou-xau» va boshqa asosiy ishlab chiqarish fondlarini jalb qilish demakdir. Bu turdagi xorijiy investitsiyani jalb qilish hisobiga quyidagi yutuqlarga erishish mumkin:

  • asosiy ishlab chiqarish hisobiga fond qaytimi ko‘rsatkichi oshadi;

  • asosiy ishlab chiqarish o‘sishi budjet tushumini oshiradi;

  • asosiy ishlab chiqarish o‘sishi ishsizlikni kamaytiradi;

  • va nihoyat, respublikada aholini import tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi qondirilishiga qisman erishiladi. Davlat eng kerakli tovarlar importini valuta bilan ta’minlamoqda. Biroq bu o‘z o‘rnida bizni valuta zaxiramizni kamaytiradi va qarzni oshiradi.

O‘z o‘rnida agar investitsion muhit yomon bo‘lsa, investitsiya qo‘shni davlatlarga oqadi.
Demak, biz investitsion muhitga katta e’tibor berishimiz kerak.
Chet el investitsiyalari nuqtayi nazaridan investitsion muhitga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omil bulib respublikamizdagi iqtisodiy siyosiy barqarorlik hisoblanadi.
Respublikamizda kechayotgan mana shu siyosiy va iqtisodiy barqa- rorlik tufayli qisqa vaqt ichida ko‘pgina, aniqrog‘i 3200 dan oshiq qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Bugun O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar uchun soliq imtiyozlari ham berilgan. Bularning barchasi investitsion muhitni yaxshilamoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatining samaradorligini aniqlash, nafaqat, xo‘jalik subyektlarining o‘ziga, shuningdek, kreditorlar va investorlar uchun ham o‘ta muhim ahami- yatga ega bo‘lib, ular faoliyati samaradorligini tahlil etish korxona faoliyati ko‘rsatkichlarini barcha qiziquvchilar uchun ochib beruvchi vazifani bajaradi. Bunday tahlil etishda korxona faoliyatini moliyaviy tahlil etishning alohida o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tmoq zarur. Moliyaviy tahlil korxonaning moliyaviy ahvolinigina oydinlashtirib bermasdan, balki uning har jihatli faoliyati va istiqbollarini ham ko‘rsatib bera oladi. Korxona to‘g‘risida barcha muhim iqtisodiy-tahliliy ma’lumotlarga ular faoliyatini moliyaviy tahlil qilish orqali ega bo‘lish mumkin. Korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanuvchilar korxona menejeri, aksiyadorlar, kreditorlar, investorlar, hamkorlar yoki sheriklar hisoblanadi. Ushbu foydalanuvchilar korxona moliyaviy holatini baholashda o‘z maqsadlaridan kelib chiqadilar va o‘z mezonlariga asoslanadilar. Qarz oluvchi faoliyatini moliyaviy tahlil etishda kreditor- larni investitsiya mablag‘larining qaytarilishi to‘g‘risidagi bashoratlarni baholash qiziqtiradi.
Umuman, qarz oluvchi faoliyatining moliyaviy tahlili quyidagi savollarga javob berish uchun bir qator hisoblashlarni taklif etadi:

Korxona uning barcha qarzdorlik majburiyatlari xizmati uchun (bank oldida, budjet, mol yetkazib beruvchilar va boshqa kreditorlar oldida) yetarlicha daromad bera oladimi?


  1. Korxona uning barcha qarzdorlik majburiyatlari xizmati uchun (bank oldida, budjet, mol yetkazib beruvchilar va boshqa kreditorlar oldida) yetarlicha daromad bera oladimi?

  2. Xususiy (o‘z) kapital, shuningdek, qarz kapitali samarali ishlatayaptimi?

  3. Kelgusida ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi va ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun zaxiralar bormi?

  4. Korxona kelgusida o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun qanday strategiyaga ega va uning amalga oshirilish holati (tanlangan strategi- yasidan og‘ishish) qanday?

Shu bilan birga korxonalarning rentabelligi, samaradorligi, likvidligi, kreditga layoqatliligini baholash uchun bir qator moliyaviy koeffitsiyentlar ham qo‘llaniladi.

    1. Download 1,74 Mb.
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

Download 1,74 Mb.