|
Investitsiyada qatnashish tasnifiga ko‘ra
|
bet | 289/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Investitsiyada qatnashish tasnifiga ko‘ra:
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar - asosan obyekt aniq ma’lum maq- sadni amalga oshirish real bo‘lgan taqdirda yo‘naltirilgan mablag‘dir.
boshqa investitsiyalar – bular vositachilar orqali obyektlarga sarflanadi va olingan daromad mijozlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Investitsiyalash davriga qarab qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarga bo‘linadi: qisqa muddatli investitsiyalar bir yilgacha bo‘lgan omonat sertifikatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlardir; uzoq muddatli investitsiyalar bu bir yildan ortiq muddatlarga qo‘yilgan kapital bo‘lib, 2 yilga, 2-3 yil va 5 yildan ortiq muddatlarga ham qo‘yilishi mumkin.
Hududiy belgilari bo‘yicha investitsiyalar quyidagicha bo‘linadi:
mamlakat ichkarisi va hududlarga qo‘yiladigan investitsiyalar;
xorijga investitsiyalar qo‘yish, xorij investitsiyalarining kirib kelishi yoki aksiya, obligatsiyalar shaklida ham bo‘lishi mumkin;
xorij investitsiyalari deganda chet el fuqarolari, yuridik shaxslar va davlatlar tomonidan qo‘yilgan investitsiyalar tushuniladi;
hamkorlikdagi investitsiyalarga mazkur mamlakat va xorij mamlakatlarining birgalikda qo‘yadigan investitsiyalari kiradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, investitsion kompleks bir necha elementlardan iborat, ularning asosiylari
quyidagilardir: investitsiya siyosati, investitsiya iqlim va muhiti, investitsion faoliyati, kapital qo‘yilmalari, investitsiya bosqichlari va boshqalar. Ushbu elementlarning har biri bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o‘ziga xos yo‘nalishga ega.
Investitsiya siyosati investorlarning haq-huquqlari, imtiyozlarini ta’minlash bilan bir qatorda iqtisodiyot tarmoqlariga tegishli asosiy fondlarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirish, muqim soliqqa tortish mexanizmi va moliya-kredit siyosatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar yig‘indisidan iborat.
Iqtisodiy tarmoqlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islo- hotlar mamlakatimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, sohaga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorij investitsiyalar miqdori yil sayin ortib bormoqda, jumladan, qulay investitsiya muhiti yaratilgani sanoat korxonalarini modernizatsiyalash, texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, shu orqali aholi ehtiyoji uchun mahalliy xomashyodan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va uni eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda. Prezidentimizning 2011-yil 27-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublika- sining 2012-yil uchun investitsiya dasturi to‘g‘risida»gi qarori va 2012-yil 10-apreldagi «To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘- risida»gi farmoni bu borada dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.
Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning ahamiyati ish- lab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularni qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga,umuman, yangi- lashga oid bo‘lib qolganligi; sanoat tarmog‘ida moddiy texnika bazasi- ning o‘ta pastligi va ko‘pgina zarar ko‘rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko‘plab sarflanayotgani va jamg‘arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi; O‘zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko‘plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligi; aholi sonining o‘sib borayotganligi va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish; respublika eksportida xomashyo salmog‘ini kamaytirish va ko‘p- lab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishligi bilan izohlanadi.
2012-yilning yanvar-iyun oylarida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning AQSh dollaridagi ekvivalent hajmi 5,4
milliard AQSh dollarini yoki 2011-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 110,9 foizni tashkil qildi.
2012-yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan inves- titsiyalar umumiy miqdori milliy valutada 9979,6 mlrd. so‘mga teng bo‘ldi yoki o‘tgan yil shu davriga nisbatan 107,6 foizni tashkil qildi.
Joriy yilning 9 oyida asosiy kapitalda o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi qiyosiy narxlarda 9,8 foizga ortdi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining investitsiyaviy faolligini oshirish, xorijiy inves- torlarga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish natijasida ana shunday o‘sishga erishildi. Pirovardida tadbirkorlar bilan mustah- kam aloqalar o‘rnatish, qo‘shma korxonalar tashkil etish istagidagi xorijiy ishlab chiqaruvchilar soni tobora ortmoqda.
Investitsiya muhiti yoki iqlimi juda keng ma’noli bo‘lib iqtisodiyot holatining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini, tadbirkorlik faoliyati qay darajada rivojlanganligining, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun chiqarilgan qonun va qarorlarni, madaniyatini, ma’naviyatini investorlar o‘z mablag‘larini yo‘naltirish uchun e’tiborga oladigan hamda ulardan xulosa chiqaradigan boshqa omillarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy siyosatni olib borish davlat boshqarish organlarini investitsion jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiyotda davlat aralashuvi, xalqaro bitimlarda ishtirok etish va chet el investitsiyalarini jalb qilish investitsion muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qonuniy, iqtisodiy va siyosiy nobarqarorlik, soliq tizimlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, bozor infrastrukturasini rivojlanmaganligi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan subyektlar orasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan qonuniy mexanizmlarning yo‘qligi, informatsiya darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan milliy valuta kursi, chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish bilan himoya qilish mexanizmlarining yaxshi ishlab chiqilmaganligi, korxonalar va investitsion loyihalar haqida aniq va to‘liq ma’lumotlar- ning yo‘qligi va qimmatli qog‘ozlar bozorining investitsion muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Investitsion muhit holatini aniqlaydigan yana bir omil investitsion tushkunlik hisoblanadi. Bundan tashqari jamg‘arma taqchilligi foiz stavkalarining yuqoriligi bilan ham bog‘liq. Bu esa kichik va o‘rta tadbirkorlikni bank kreditlaridan foydalanishlarini qiyinlashtiradi. Inflyatsiya sababi, beriladigan kreditlarning katta qismi qisqa muddatli bo‘lib bu ulardan ishlab chiqarishda foydalanishni cheklab qo‘yadi.
Korxonalar bir-birlariga bo‘lgan qarzlarini to‘lay olmaslik holatining kuchayishi ham investitsion muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ham investitsion muhitga ta’sir etadigan faktlar bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi mulk shakl- larining ko‘payishiga va bozor munosabatlarining mustahkamlanishiga olib keladi.
Investitsion faoliyat investitsiyalashning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi, chunki aynan shu jarayonda investitsiya bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘- rinishga o‘tadi, ya’ni jamg‘armalar, qo‘yilmalar, kapital, mulk, iqtisodiy samara shaklini oladi. Investitsiyalar oqimi tadbirkorlikning nechog‘lik faolligini, demakki, bozor konyunkturasini ham ta’riflab beradi. Investitsiyalar oqimining bu harakati, ya’ni tadbirkorlikka investitsiyalar ajratish va sarflab iqtisodiy natija olish investitsiya faoliyatining o‘zidir.
|
| |