|
Xususiy kapitalni ko‘paytirish omillarini aniqlash
|
bet | 285/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Xususiy kapital tahlili uning tarkibidan joy olgan ko‘rsatkichlar hi- sobiga o‘zgarib boradi. Har bir tarkibning o‘zgarishi ham o‘z mazmu- niga ko‘ra ma’lum ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Ustav kapitali.
Bu schot xususiy (hissador) kapitalining qiymati, qimmatli qog‘ozlarning emissiyasi va joriy yil foydasi va zarari hisobiga o‘zgarishi mumkin.
Qo‘shilgan kapital.
Bu schot quyidagi hollarda o‘zgarishi mumkin:
xususiy (hissador) kapitali qiymatining o‘zgarishi;
muomalaga qo‘shimcha aksiyalarning chiqarilishida;
asosiy vositalarning qayta baholanishida;
foyda va zararlar hisobiga.
Rezerv kapitali ham yuqorida keltirilgan o‘zgarish sabablari hisobiga amalga oshadi. Faqatgina bu o‘zgarishlar tarkibiga foyda hisobidan rezervlarga ajratilgan summalar.
Taqsimlanmagan foyda. Bu ko‘rsatkich korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko‘payish yoki kamayishi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
hisobot davrida olingan zarar;
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi;
hissador kapitalining ko‘p yoki kam bo‘lishi kabi ko‘rsatkichlar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
Bu o‘zgarishlar 5- shaklda ham yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
xususiy kapital to‘g‘risida tushuncha va uni tahlil etish maqsadi;
xususiy kapitalning tarkibi, tuzilishi va yil boshiga nisbatan o‘zgarish sabablari;
ustav fondi;
rezerv kapitali;
qo‘shilgan kapital;
taqsimlanmagan foyda (zarar);
balans passivi moddalarining qarzni uzish muddatlari bo‘yicha 4 guruhga bo‘linishi;
joriy likvidlik koeffitsiyenti;
istiqbolli likvidlik koeffitsiyenti;
bankrotlik alomatlari va ularni tahlil etish uslublari;
kreditga layoqatlilikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va ularni tahlil etish uslubi;
qaramsizlik koeffitsiyenti;
qarz va o‘z mablag‘lari nisbati;
|
| |