Bu koeffitsiyent qanchalik birga yaqinlashib borsa, korxonaning mustaqilligi shunchalik oshib boradi. Bizning respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalarda bu koeffitsiyent kamida 0,5 ni yoki 50% ni tashkil etishi lozim.
Moliyaviy karamlik koeffitsiyenti (Kmq):
O‘MM - O‘z mablag‘lari manbalari UMQ - Uzoq muddatli qarz mablag‘lari
UMA - Uzoq muddatli aktivlar
TMZ - Tovar - moddiy zaxira
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim - O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi»
1.
Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, Uzbekistonning xalqaro savdo
tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi».
1
Darhaqiqat, jahon bozorida talabning pasayib ketishi natijasida mamlakatimiz tomonidan eksport qilinadigan mahsulotlar narxining tushishi kuzatilmoqda. Ushbu jarayonlar korxonalarning eksportdan
1 Каримов И.А. «Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари». Т.,: Ўзбекистон, 2009,11-12-б.