|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 280/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘- jalik subyektining xususiy kapitali yil boshiga nisbatan yil oxirida 268911 ming so‘mga oshgan. Bu natija korxona uchun ijobiy deb qara- lishi lozim. Chunki bu miqdor yil boshiga nisbatan salkam 60 % ga yaqin oshgan.
Bunday o‘zgarishning hosil bo‘lishida hisobot yilida taqsimlan- magan foydaning 5400 ming so‘mga va rezerv kapitalining 263511 ming so‘mga oshuvi katta ta’sir etgan.
Xususiy kapitalning qolgan turlari bo‘yicha yil davomidagi harakati kuzatilmagan.
Ijobiy natija deb qaralishini yana bir tarafi shundaki, xususiy kapitalning asosini qo‘shilgan va rezerv kapitali tashkil qilganidir. Bu esa kelgusida korxonaning xususiy kapitali yanada ko‘payib borishidan dalolat beradi.
1999-yil 28-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Moli- ya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilan- gan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi- da»gi farmoni e’lon qilindi. Bu farmonga ko‘ra moliya-xo‘jalik faoli- yatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyati tuzilgan maxsus hududiy komissiyalar ko‘rsatmasiga ko‘ra to‘xtatiladi.
Shunday ekan, yuqoridagi jadval ma’lumotlariga asoslangan holda bu muammoni hal etish yo‘llarini topishimiz kerak. Ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital qiymatini ko‘paytirishning eng asosiy omili bo‘lib, korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o‘z jamg‘armalarini oshirishi eng optimal variant deb qaraladi. Chunki, bu omilning o‘zgarishi faqatgina korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, uning har tomonlama to‘liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashni taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog‘liq. Mazkur vazifalarni hal etishda talabalar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ni chuqur bilishlari, unda foydani shakllantirish muammolarini chuqur o‘rganishlari lozim
|
| |