|
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi
|
bet | 276/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:
korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;
korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyat- larni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatilib, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z moliyaviy resurslari- ni mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarining asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qo- g‘ozlarni sotishdan olingan mablag‘lar, aksionerlar, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi.
Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbayi bo‘lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydala- nishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan (budjet hisobidan) ajratilgan mablag‘lar (qurilish, montaj, sozlash ishlari xarajatlari, asbob-uskunalar, aylanma mablag‘lar va pul mablag‘lari qiymati) ni aks ettiradi.
Nodavlat tijorat strukturalarining ustav kapitali aksionerlar (ta’sis- chilar) tomonidan qo‘yilgan (pul, moddiy va boshqa) mablag‘lar hiso- bidan shakllantiriladi va shuning uchun ham bir necha yuridik va jismoniy shaxslar – aksionerlar jamiyatini, shirkat va boshqa tashkiliy- huquqiy shakldagi jamoat mulkini tashkil etadi.
Xususiy kapital hisobi o‘z ichiga bir qancha ko‘rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ustav kapitali.
Qo‘shilgan kapital.
Rezerv kapitali.
Taqsimlanmagan foyda.
Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Korxonaning ustav kapitali o‘z mablag‘lari manbayining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo‘yilgan pay to‘lov- larini, aksiyalarining nominal qiymatini o‘zida saqlaydi. Uning hisobi esa hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig‘inida qabul qilingan qaror- lar asosida yuritilib boriladi.
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat budjeti tomonidan ajra- tilgan mulkni ko‘rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida ko‘rsatiladi.
Korxonalar amalda qo‘llanilayotgan qonunlarga ko‘ra har yili erish- gan foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko‘rsatilgan tartibda mablag‘ chegirilib boriladi.
|
| |