|
Operatsion faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati nimalardan tashkil topadi?
|
bet | 273/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Operatsion faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati nimalardan tashkil topadi?
mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari; material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari; xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul mablag‘lari; boshqa operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari tushumi va chiqimidan;
xodimlarga va xodimlar nomidan to‘langan pul kirimi va chiqimidan;
turli xil pulli to‘lovlar va tushumlardan;
xaridor va mol yetkazib beruvchilar, xodimlar va boshqa turli xil to‘lov va tushumlardan;
xaridor va mol yetkazib beruvchilardan pul kirimi va chiqimi valuta mablag‘lari harakatidan.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot qaysi usulda tuziladi?
to‘g‘ri va egri usulda;
balans usulda;
to‘g‘ri usulda;
to‘g‘ri va balans usulida;
qatorli va balansli usulda.
Quyida qayd qilingan qaysi ma’lumotlar valuta mablag‘lari harakatini to‘liq ifodalaydi?
valuta mablag‘larining kirimi;
valuta mablag‘larining chiqimi;
valuta mablag‘larini hisobot davri boshidagi qoldig‘i;
valuta mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i;
valuta mablag‘larining yil boshidagi qoldig‘i, jami tushum va chiqim, yil oxiridagi qoldiq.
BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTNING XUSUSIY KAPITALI TAHLILI
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xususiy kapitalini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xususiy kapital kor- xonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chunki uning holatiga qarab jami mablag‘lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish, faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘ta muhim masala hisoblanadi.
Xususiy kapital korxonaning o‘z mablag‘lari manbayining asosini tashkil etuvchi ko‘rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi.
Buxgalteriya hisobi fanidan ma’lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash manbayi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
o‘z mablag‘lari manbayi;
qarz mablag‘lari.
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag‘lar manbayiga budjetdan ajrat- malar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin bu mablag‘lar manbayi bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo‘q qilinishi Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi.
Endilikda esa yuqorida sanab o‘tganlarimiz korxonalarni mablag‘lar bilan ta’minlash manbayi bo‘lib kelmoqda.
Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o‘z mablag‘larini bel- gilab olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag‘larni qaysi manba hisobiga qoplash kerakligi ko‘rib o‘tiladi. Agarda korxonaning o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lsa, o‘z mablag‘lar manbayi hisobiga, aks holda esa qarz mablag‘lari hisobiga, qoplaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir korxona o‘z moliyaviy ehtiyojlarini o‘zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbayi bo‘lib, uning foydasi, qimmatli qog‘ozlarini sotish- dan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to‘lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari hamda qonundan tash- qari bo‘lmagan holda kirim qilingan mablag‘lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag‘lar korxona, tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi.
Hozirgi vaqtda mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxonalarda ustav fondi miqdori mazkur korxona tashkil bo‘lganda tasdiqlangan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdor bilan muvofiq kelishi lozim. Uning miqdori yil davomida o‘zining mulkchilik shaklini o‘zgartirmay- digan korxonalarda o‘zgarmaydi. Davlat korxonasi xususiylashtirilganda mazkur korxona mulkining sotib olinish qiymatini aniqlash talab qilinadi, chunki ta’sischilar hujjatida ustav fondi miqdorini ko‘rsatish lozim.
Umuman olganda, barcha iqtisodchi olimlar tomonidan xususiy kapitallarga ta’rif berilganda yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar tizimi- dan foydalanilgan bo‘lib, ular tarmoq xususiyatiga ko‘ra o‘z ko‘rinish- larini o‘zgartirgan holda ta’riflangan.
MDH iqtisodchi olimlaridan P.Kamishanov «Ustav kapitali – bu davlat tashkilotlarida hukumat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablag‘lari hisobiga shakllanadi. Nodavlat sektoridagi korxonalarda esa ta’sischilarning kiritgan mablag‘lari hisobiga tashkil topib, u xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan mulkni puldagi ifodasini ko‘rsatadi» deb ta’kidlagan.
Shu jumladan A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlar ham: «Ustav kapitali – korxonani barpo etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki nizomda belgilangan mablag‘lar (kapital) miqdori. Chiqarilgan aksiyalarning nominal qiyma- ti, davlat qo‘ygan mablag‘lar, xususiy ulush (pay) badallari miqdoridan tashkil topadi» deb ta’rif berishgan.
Ushbu iqtisodchilar tomonidan ustav kapitaliga berilgan ta’rif maz- mun jihatdan mohiyatga ega bo‘lsa hamki, unga bir muncha qo‘shim- chalar kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Negaki, berilgan mazmun, korxona mablag‘lar manbayining manfaatdorlik hissini, tashkil bo‘lish davrini va keyinchalik mazkur ko‘rsatkichning shakllanish holatini o‘zida aks ettirmagan. Shu jihatdan olganda: «ustav kapitali – bu xo‘jalik subyektlarining daromad (foyda) olish maqsadini ro‘yobga
chiqarish uchun zarur bo‘lgan dastlabki (korxonani barpo etish to‘g‘ri- sida shartnoma yoki nizomda belgilangan) mablag‘lar (kapital) miqdori. Shuningdek, ustav kapitalini oshirish maqsadida kiritilgan mablag‘lar, hamda o‘z kreditor va ta’sischilarining qiziquvchanligini kafolatlovchi mablag‘lar manbayidir» deb ta’rif berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Xususiy kapital tarkibiy qismlaridan yana biri bu – rezerv kapitali hisoblanadi. Rezerv kapitali ko‘pgina me’yoriy va qonuniy hujjatlarda hamda iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ta’riflangan bo‘lib, uning o‘ziga xos jihatlarini belgilab bergan.
Masalan, Respublikamiz boshqaruv tashkilotlari tomonidan belgi- langan me’yorlarga asosan: «Rezerv kapitali – bu korxona ustaviga asosan ajratma qilish mol-mulk qayta baholanishi, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lar (pul mablag‘laridan tashqari), o‘rtoqlik va aksionerlik jamiyatlar mulkini oshiruvchi boshqa kirimlar hisobini olib borish uchun mo‘ljallangan» deb izohlangan. Keltirilgan izohga mazmunan yondashadigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi bir qator ko‘rsatkichlar o‘z o‘rnida berilmagan. Masalan, mol-mulkning qayta baholanishi. Chunki ushbu ko‘rsatkichning ma’lum qismi, qo‘shilgan kapital zimmasiga birkitilgan bo‘lib, uning ikki schotda ko‘rsatilishi hisob tizimidagi kamchiligimiz hisoblanadi.
M.Lapustin, P.Nikolskiylarning fikricha: «Rezerv kapitali – bu xo‘- jalik tavakkalchiligi va ko‘zda tutilmagan holatlarni moliyalashtirish maqsadida jamg‘arilgan pul ko‘rinishidagi mablag‘lar hisoblanib, u xu- susiy kapitalning bir bo‘lagi sifatida qaraladi. Amaliyotda bu jamg‘arma sug‘urta mablag‘i sifatida yoki tavakkalchilik rezervi, deb ham ataladi».
Yuqorida keltirilgan ta’rifga nazar solsak, uning bir qadar maz- munga ega ekanligini guvohi bo‘lamiz. Chunki rezerv kapitali hisobot yilida erishilgan sof foyda hisobidan ma’lum bir maqsadlarni sug‘ur- talash uchun tashkil etilishi belgilab qo‘yilgan.
Shu nuqtayi nazardan, bizningcha: «Rezerv kapitali – bu ta’sis huj- jatlariga binoan hisobot davrida erishilgan sof foyda hisobidan, amaldagi qonunchilik asosida, tavakkalchilik va ko‘zda tutilmagan natijalar oldini olish, hamda xo‘jalikning oxirgi moliyalashtirish manbayi sifatida gav- dalanadigan mablag‘lar jamg‘armasining puldagi ifodasi» deb ta’riflash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yuoridagi fikr-mulohazalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalik yurituv- chi subyektlarning faoliyatida kapitallar (fondlar) va rezervlarning muhim o‘rni mavjud ekan. Chunki bu manbalar asosan, xo‘jalik sub-
yektlarining o‘z manbalarini aks ettiruvchi jihatlari bilan ajralib turadi. Bugungi kunda xo‘jalik subyektlarining o‘z mablag‘lari manbalari qanchalik yuqori salmoqqa ega bo‘lsa, mazkur korxonalarning faoliyati shunchalik ijobiy baholanadi.
Xususiy kapital hisobi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrati darajasining qay darajada ekanligini bildiradi. Bunday taraflarni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq 6- sessiyasida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning 16- moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5-shakl «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim.
|
| |