|
Xususiy kapital va uning samaradorligini baholash
|
bet | 281/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy tahlilning vertikal, gori- zontal, moliyaviy koeffitsiyentlarini aniqlash, trend to‘g‘risida fikrlar yuritilgan bo‘lib, ammo xususiy kapital tahlili bo‘yicha ma’lumotlar bugungi kunda yetarli darajada emas.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda asosiy axborot manbayi bo‘lib, moliyaviy hisobot shakllari, ya’ni «Buxgalteriya balansi» (1- shakl), «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakl) olinadi.
Yuqoridagi hisobot shakllarida jumladan, «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot»da bir qancha noaniqliklar mavjud bo‘lib, bularga 080-satrdan keyingi ma’lumotlarni olish mumkin. Mazkur satrlarda aksi- yalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda deyarli barcha (oxirgi ustundan tashqari) ustun va qatorlar to‘ldiril- maslikni taqozo etadi. Ushbu holatni atroflicha o‘rgangan holda, bu kamchiliklarni hal etish yo‘llarini topish lozim. Chunki moliyaviy hisobotning bu ko‘rinishda bo‘lishi xalqaro hisob tizimi standartlari talablariga mos kelmaydi.
Shu nuqtayi nazardan, bir qancha rivojlangan va MDH mamlakat- larining «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» shakllariga e’tibor bera- digan bo‘lsak, ularda aksiyalarning chiqarilishidan kelgan kapital, rezerv kapital, qo‘shilgan kapital va taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kabi ko‘rsatkichlar o‘z aksini topgan (masalan, Rossiya Federat-
siyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va h.k). Ushbu ma’lumotlar buxgal- teriya balanslarida (1-shakl) ham o‘zgarishsiz aks ettirilgan. Lekin, bizning moliyaviy hisobot shaklida (1-shakl) o‘z mablag‘lar manbayi sifatida xususiy kapital ko‘rsatkichlaridan tashqari, maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to‘lovlar uchun rezervlar kabi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, ularning harakatini aks ettiruvchi axborot manbayi belgilanmagan.
Bu holni xususiy kapital ko‘rsatkichlarining nazariy va amaliy jihatdan umumlashtirilmaganligi, tarmoq xususiyatlariga asosan xususiy kapital hisobi va tahlili to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi izohlashimiz mumkin.
Korxonaning xususiy kapital holatini tahlil qilishda koeffitsiyentlar usuli eng ko‘p qo‘llanilib, ushbu usul asosida tahlilning olib borilishi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng tarqalgan. Jumladan, Belorus iqtisodchilaridan biri G.Savitskayaning fikricha: «Kapitaldan samarali foydalanishni uchta asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholash mumkin, ular:
Savitskaya G. V. tomonidan berilgan fikrlar xususiy kapital tahlilini qisman ochib beradi. Xususiy kapital tahlilini unga ta’sir etuvchi omil- larning uzviy bog‘liqligi asosida o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu sababdan xususiy kapital rentabelligi (foydaliligi) ni, uning natijaviyligi va daromadliligi asosida o‘rganib, xususiy kapitalning shakllanishida muhim o‘rin tutgan omillarning ijobiy hamda salbiy oqi- batlari yuzasidan asosli qarorlar qabul qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadga mufofiqdir.
Bozor iqtisodiyotida xususiy mulkchilik turlarining shakllanishi, xususiy kapital bahosini o‘rganishni talab etadi. Lekin shunga qaramas- dan respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarda xususiy kapitalning bahosi yetarlicha o‘rganilmagan.
Bundan tashqari bir qancha adabiyotlarda korxona aksiyalari qiymati va daromadliligini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar keltirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar tahlili yordamida korxona nufuzi va xususiy kapitaliga atroflicha baho berish mumkin. Jumladan:
Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda (Fa):
f Sof foyda - imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar
a Muomaladagi oddiy aksiyalar soni
Bu ko‘rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini bildiradi.
Bir aksiyaning balans qiymati (BQa):
BQ AKq - IAq
m
a AS
|
| |