|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 283/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Taqsimlanmagan foyda. Bu ko‘rsatkich korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi, hissador kapitalining ko‘payish yoki kamayishi, qim- matli qog‘ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbir- lari to‘g‘risida»gi PF-4053-sonli farmoniga asosan, yangi tashkil etiladigan ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2009-yil 1-yanvardan boshlab jamiyat davlat ro‘yxatiga olingan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ekvivalenti 400 ming AQSh dollariga teng summani tashkil etishi belgilandi. Faoliyat yuritayotgan ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari bo‘lsa, 2010-yilning 1-yanvariga qadar ustav kapitallari miqdorini ular qayta ro‘yxatga olingan sanada Uzbekistan Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha ekvivalenti kamida 400 ming AQSh dollariga teng summaga yetkazishlari yoki belgilangan tartibda boshqa mulkchilik shakliga o‘tishlari kerakligi belgilandi.
Shunday ekan, yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda bu muommoni hal etish yo‘llarini izlash kerak. Ko‘rinib turibdiki xususiy kapital qiymatini ko‘paytirishning eng asosiy omili bo‘lib korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o‘z jamg‘armalarini oshirishi eng optimal variant deb qaraladi. Sababi bu omilning o‘zgarishi faqatgina korxo- naning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, uning har tomonlama to‘liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyat yuritishni talab etadi. Bundan tashqari boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bogliqdir.
Korxona mulki, kapitali va majburiyatlarini moliyaviy koeffitsiyentlar orqali o‘rganish uning moliyaviy holatiga baho berishni yanada osonlashtiradi, albatta. Moliyaviy koeffitsiyentlar moliyaviy
hisobot ko‘rsatkichlarini va birlik elementlarini o‘zaro nisbatlash asosida aniqlanadi. Bunda koeffitsiyent, indeks va foizlar ishlatiladi.
Moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash va uning o‘zgarishlarini qiyosiy taqqoslash asosida korxonaning moliyaviy holatini aniqroq o‘rganish va bilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Masalan: bitta korxona- ning «moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti»ni aniqlanishiga e’tibor qa- ratsak. Ushbu ko‘rsatkich «O‘zlik mablag‘lari manbalari»ni «Buxgalte- riya balansi jami» ga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkich korxonaning harakatda band qilingan mablag‘ining qancha qismi o‘ziga tegishli ekanligini bildiradi. Ya’ni harakatdagi har bir so‘mning qancha qismi o‘ziga tegishli ekanligini bildiradi.
«Koeffitsiyentlar - mulkning nisbiy darajasini tavsiflaydi» deyiladi Tomas P. Karlin, Albert M.Makminni «Анализ финансовых отчетов (на основе СААР)» kitobida.
Korxona kapitali bilan bogliq bo‘lgan moliyaviy koeffitsiyentlar, ya’ni o‘z mablaglari manbayiga baho berishning nisbiy ifodalari sifatida quyidagi koeffitsiyentlarni o‘rganish maqsadga muqofiq bo‘lar edi:
moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti;
moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti;
qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti;
zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan qoplanganlik koeffitsiyenti;
mablag‘larning chaqqon harakatchanlik yoki manyovrlashganlik koeffitsiyenti.
|
| |