|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 38/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Ko‘rsatkichlar
|
Tovar hajmi, mln. so‘m.
|
Rejadan farqi (+;-)
|
Tovar aylanishi dinamikasiga ta’siri (+;-)
|
Reja
|
Haqiqatda
|
Yil boshiga tovar zaxi-
ralarining qoldig‘i (Tyb)
|
104
|
130
|
+26
|
+26
|
Yil davomida tovarlarning kirimi (Tk)
|
1200
|
1298
|
+98
|
+98
|
Tovarlarning yil oxiriga
qoldig‘i (Tyo)
|
50
|
57
|
+2
|
-2
|
Tovar aylanishining hajmi (Ta)
|
1254
|
1371
|
+117
|
+117
|
Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy ko‘rsatkichining o‘sishiga ta’sir kattaliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch omilning ikkitasini ta’siri ma’lum bo‘lsa, u holda uchinchisi ta’sirini natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sishidan dastlabki ikki omillarning ta’siri natijasini chiqarib tashlab aniqlash mumkin.
Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish
Grafiklar ko‘rsatkichlar va sonlarning geometrik belgilar (chiziq- lar, to‘g‘ri burchaklar, aylanalar) yoki shartli-badiiy figuralar yordamida masshtabli tasvirini o‘zida aks ettiradi. Ular katta illustrativ ahamiyatga ega. Ular vositasida o‘rganilayotgan material yanada tushunarli bo‘ladi.
Tahlilda grafiklarning analitik ahamiyati katta. Jadval materiali- dan farqli ravishda grafik o‘rganilayotgan hodisaning holati yoki rivojlanishiga oid umumlashma tasvir beradi. Bu bilan raqamli axborot vositasida mavjud qonuniyatlarni ko‘rib qayd qilish imkoniyati mavjud
bo‘ladi. Grafikda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning tendensiyalari va aloqa yanada ravshan kuzatiladi.
Iqtisodiy tahlilda axborotlarni grafik shakliga keltirishda asosan diagrammalar qo‘llaniladi. O‘z shakli bo‘yicha ular ustunli, chiziqli, aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramidali bo‘ladi. Mazmuniga ko‘ra diagrammalar taqqoslash, strukturali (sektorli), dinamik, aloqa grafigi, nazorat grafigi tarzida farqlanadi
Taqqoslash diagrammalari turli obyektlarni qandaydir ko‘rsatkich bo‘yicha nisbatini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun yanada oddiy ko‘rgazmali grafiklarlardan, ustunli va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi. Ularni tuzish uchun to‘g‘ri burchakli koordinat tizimlari qo‘llaniladi. Ustunli diagrammalarda abssissa o‘qlari barcha obyektlar uchun bir xil hajmda ustunlar asosiga joylashtiriladi. Konus, silindr yoki piramida ko‘rinishida ma’lumotlar markerlari diagrammalarga yanada yaxshi shakl beradi.
Ba’zan taqqoslash diagrammalari kvadrat yoki aylana ko‘rinishida keltiriladi, ularning maydoni ko‘rsatkichlarning kattaligiga mutanosib taqsimlanadi.
Strukturali (sektorli) diagrammalar ko‘rsatkichning umumiy kattaligida tarkibiy qismlarning solishtirma salmog‘ini ifodalashga imkon beradi. Ularda ko‘rsatkichning tasviri sektorlarga ajratilgan geometrik figuralar (kvadrat, aylana, halqa) ko‘rinishida beriladi, maydoni 100 yoki 1 deb olinadi. Kattalik sektori qismlar solishtirma og‘irligi bilan aniqlanadi. Halqali diagramma aylanaga o‘xshash, lekin undan farqli o‘laroq bitta emas, balki bir nechta ma’lumotlar qatorini aks ettirishi mumkin.
Tahlilda bir vaqtda hodisalarning hajmi va ularning strukturasini aks ettirish uchun ustunli va chiziqli diagrammalar keng qo‘llaniladi.
Dinamika diagrammalari mutanosib vaqt oralig‘ida hodisalarning o‘zgarishlarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqsadda gis- togrammalar, chiziqli, figurali va boshqa grafiklar qo‘llaniladi. Ama- liyotda chiziqli grafiklar ko‘proq qo‘llaniladi. Dinamika ushbu grafikda jarayonning uzluksizligini tavsiflovchi chiziqlar ko‘rinishida keltiriladi.
Abssissa o‘qlariga davrlar, ordinata o‘qlariga – qabul qilingan masshtabdan kelib chiqib mutanosib vaqt kesimida ko‘rsatkichlarning darajasi joylanadi.
Chiziqli grafiklar (aloqa grafiklari) ham ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishda juda keng qo‘llaniladi.
Nazorat grafiklari iqtisodiy tahlilda reja bajarilib borishiga oid ma’lumotlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu holatda grafikda ikki chiziq bo‘ladi: har bir kun yoki boshqa vaqt kesimi uchun ko‘rsatkich- larning rejaviy va haqiqatdagi darajasi, ular o‘zaro taqqoslandi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida grafik tuzishni ancha osonlashtiradi va kontrast, masshtab, estetik jihatidan ularning sifatini oshiradi. Hozirgi vaqtda analitika vazifasi – ma’lumotlarni grafik taqdim etishning yanada qulay shakllarini tanlashdan iborat.
|
| |