|
Texnik va texnologik yangilanish bo‘yicha korxonalarni guruhlashtirish
|
bet | 36/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Texnik va texnologik yangilanish bo‘yicha korxonalarni guruhlari
|
Guruhdagi korxonalar soni, dona
|
Har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan yangilanish xarajatlarining o‘rtacha miqdori, ming so‘m
|
Har bir ishchi ishlab chiqargan mahsulotlarning o‘rtacha miqdori, mln. so‘m
|
30 mln. so‘mgacha
|
10
|
404
|
11
|
30 - 60
|
15
|
670
|
17
|
60 - 90
|
18
|
798
|
26
|
90 mln so‘mdan yuqori
|
20
|
934
|
37
|
Ta’kidlash kerakki, har bir alohida olingan guruhdagi omil hamda natija ko‘rsatkichlari, boshqa guruhdagi xuddi shunday ko‘rsatkich- lardan farq qilishi mumkin, ya’ni birinchi guruhdagi omil ko‘rsatkichi ikkinchi guruhda natija ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Demak, omil va natijani ifodalovchi ko‘rsatkichlar guruhlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tavsif kasb etadi.
17-jadvalda keltirilgan parallel qatorlardan farqli ravishda - jadvalda guruhlangan material o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida o‘zaro aloqani yanada yaqqol aks ettiradi. Guruhlashda ko‘rsatkichlarning indi- vidual kattaliklari o‘rtacha guruhlarini almashtiradi. Buning natijasida boshqa omillarning noaniq ta’siri bilan kelib chiqqan turli tasodifiy og‘ishlar o‘zaro qoplanadi, shuning uchun o‘zaro aloqa yanada aniq hisoblanadi.
Shunday qilib, axborotlarni to‘g‘ri guruhlash ko‘rsatkichlar o‘rta-
sida bog‘liqlikni, o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini yanada chu- qur anglash, tahlilning materiallarini tizimlashtirish, ularning asosiysi xarakterli va tipiklarini ajratishga imkon beradi .
Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil etish uchun guruhlashtirish usu- lini qo‘llashda muayyan talablar e’tiborga olinishi shart. Misol uchun, tipologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan guruhlar tuzishga intilish lozim.
Tuzilish bo‘yicha va omilli guruhlashtirishda esa - guruhlar oralig‘i imkon qadar bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Shuningdek, guruhlar kichik sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki va oxirgi guruh chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yopiq, ya’ni boshlang‘ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo‘lishi, barcha o‘rganiladigan obyektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi kerak.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan talablarga amal qilinishi iqtisodiy tahlil natijalarini to‘g‘ri va aniq bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
|
| |