• 3.5.1. Ommaviy ochiq online kurslar.
  • Oxirgi bir necha yillarda elektron ta'limda yangi ommaviy ochiq onlayn kurslarini (ingliz tilidan Massive Open Online Courses, mooc) yaratish tendensiyasi paydo bo'ldi




    Download 22,26 Kb.
    bet1/6
    Sana04.09.2024
    Hajmi22,26 Kb.
    #270220
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Oxirgi bir necha yillarda elektron ta\'limda yangi ommaviy ochiq -fayllar.org


    Oxirgi bir necha yillarda elektron ta'limda yangi ommaviy ochiq onlayn kurslarini (ingliz tilidan Massive Open Online Courses, mooc) yaratish tendensiyasi paydo bo'ldi

    3.5. Ommaviy ochiq online kurslar (Massive open online course (MOOC)). Ommaviy ochiq online kurslar tushunchasi. OOOK klassifikasiyasi. Mustaqil ta’limni tashkil etishda OOOK kurslaridan foydalanish.

    3.5.1. Ommaviy ochiq online kurslar.

    Oxirgi bir necha yillarda elektron ta'limda yangi – ommaviy ochiq onlayn kurslarini (ingliz tilidan Massive Open Online Courses, MOOC) yaratish tendensiyasi paydo bo'ldi. Ushbu onlayn kurslar sifatli ta'limdan insonning yashash joyidan va uning maqomidan qat'i nazar ommaviy foydalana olish konsepsiyasiga muvofiq yuzaga keldi. MOOC internetdan – ochiq foydalana olishda tinglovchilarning yirik masshtabli interaktiv ishtirokiga tuzilgan kursdan iborat. «Ommaviy ochik kurs» atamasi Brayan Aleksandr va Deyv Korme tadqiqotchilarning «Connectivism & Connective knowledge» kursi ustida olib borilgan ishlar natijasida kiritildi. MOOC atamasi to'rtta aloqa atamadan iborat:


    - Massive (ommaviy) – kursda butun dunyodan ishtirokchilarning katta soni o'qilishini bildiradi;
    - Open (ochiq) – har bir kurs bepul hisoblanadi va har bir shaxs istalgan vaqtda kursga ulanishi mumkin;
    - Online (onlayn) – barcha kurslar Internet tarmog'ida ochiq foydalana olishi mumkin. Kursda ta'limning asinxron metodidan foydalanish mumkin, bunda o'qish uchun barcha mas'uliyat tinglovchilar zimmasida bo'ladi va ta'limning sinxron metodida o'qish jarayoni o'qituvchi bilan real vaqt rejimida amalga oshiriladi;
    - Course (kurs) – har bir kurs har bir ishtirokchiga moslashtirilgan holda o'z qoidalariga, o'z strukturasiga va o'z maqsadiga ega bo'ladi.
    G'arbiy matbuot birinchi marta 2011 yili MOOSga Stenford professori Sebastyan Trun internet tarmog'ida g'ayritabiiy intellekt to'g'risida bepul kursni muvaffaqiyatli o'qiganidan keyin e'tibor qaratgan. Trun talabalari safiga 190 mamlakatdan 160 ming kishi kirdi. AQShdagi universitetlari Trun eksperimentidan keyin yangi to'lqinda ishlab daromad orttirish maqsadida, ketma-ket MOOS kursini yaratishda ishtirok eta boshlashdi. MOOS raqamli modaga ergashish emas, balki ta'lim jarayonini tuzilmaviy o'zgartirish belgisiga asos bo'ladi.
    Shu vaqtgacha onlayn-kurslari an'anaviy universitet kurslariga ega «kalka» ko'rinishdan iborat bo'lgan, ya'ni instruktor va ishtirokchilar o'rtasidagi kommunikasiyani, xizmatlar uchun to'lovni, uning o'rniga malakasini tasdiqlaydigan, kursni o'qiganligi to'g'risidagi sertifikatni ta'minlaydigan ishtirokchilarning kichik sonidan iborat bo'ladi. Ayrim oliy o'quv yurtlari shunga o'xshash dasturlarda butun yarim vitrual kampuslarni yaratishgan. Buyuk Britaniya, misol uchun barcha o'xshash kurslarni «Londonning ochiq universiteti» brendi ostida birlashtirdi. Ushbu nom ostida London iqtisod maktabi kabi butun dunyoga ma'lum universitetlar ishlamoqda. Bunda katta bo'lmagan ish haqqiga (shunga o'xshash darajadagi «real» universitetda o'qish uchun beriladigan haqqa nisbatan) alohida kursda o'qish, yoki bir necha yil sarflab bakalavr yoki magistr darajasini olish mumkin. Ushbu tizimning eng asosiy yutuqlaridan ta'limning barcha jarayoni davomida talaba istalgan joyda bo'lishi mumkin. Bunday ta'lim tizimi, barcha afzalliklariga qaramasdan, oliy o'quv yurtlarida mavjud bo'lgan ta'limning onlayn modelini qayta ishlab chiqqan va shu bilan birga ta'lim jarayoniga ishtirokchilarning keng doirasini jalb qilishga mo'ljallanganligi sababli sara (eng mashhur) bo'lib qolgan. Oxirgi yillarda onlayn-ta'lim qarama-qarshi yo'nalishda rivojlana boshlandi. Oxirgi yarim yilda internetda fenomenal tarzda rivojlanish va keng ommaga tarqalish bo'yicha, odatda, bepul hisoblangan va, eng muhimi, haqiqatda ommaviy bo'lgan barcha uchun ochiq o'quv kurslari paydo bo'ldi.

    Download 22,26 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 22,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oxirgi bir necha yillarda elektron ta'limda yangi ommaviy ochiq onlayn kurslarini (ingliz tilidan Massive Open Online Courses, mooc) yaratish tendensiyasi paydo bo'ldi

    Download 22,26 Kb.