Ommaviy onlayn kurslariga quyidagi atributlar xosdir




Download 22,26 Kb.
bet2/6
Sana04.09.2024
Hajmi22,26 Kb.
#270220
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oxirgi bir necha yillarda elektron ta\'limda yangi ommaviy ochiq -fayllar.org

Ommaviy onlayn kurslariga quyidagi atributlar xosdir:
 ommaviylik va globallik;
 bepul;
 dunyoning barcha universitetlaridan yuqori malakali kadrlarni jalb qilish;
 an'anaviy ta'limning – grafika, rasm, imtihon kabi elementlarini mavjudligi;
 ta'lim sohasining barcha elementlari o'rtasida tinglovchi – o'qituvchi, tinglovchi – tinglovchi, o'qituvchi – o'qituvchi kabi teskari aloqa uchun ko'pgina kanallarning mavjudligi;
 kurs tugatgandan keyin axborot Internet tarmog'ida qoladi va ishtirokchilar bilan to'ldirilib boriladi;
 o'qituvchining o'rni o'chiriladi. O'qituvchi vositachi yoki hamkasb bo'lib qoladi;
 oddiy elektron mazmundagi materialni emas, balki maxsus tayyorlangan ma'ruzalardan foydalanish.
Ko'pgina MOOS kursning aossi bo'lib bir yoki bir nechta ma'ruzachilar (yoki kadr orqasidagi ma'ruzasi) olib boriladigan video ma'ruzalar hisoblanadi. Lekin hamma maksimal tarzda samarli usul bilan bilimni joylash imkonini beradigan maxsus texnologik platforma o'zgartiradi. Ushbu platformalarni maxsus kompaniyalar – ushbu xizmatlarni (Coursera, Udacity va edX) ko'rsatishga ixtisoslashgan ta'lim kontentining provayderlari yaratishadi. O'z navbatida, foydalanuvchi uchun moslashtirilgan platforma noyob mahsulot sifatida har biri alohida MOOS kursni ishlab chiqish imkonini beradi.
- kursga muvofiq video qator zarur axborotli slaydlar, axborot-grafika, boshqa videolarga havolalar bilan, va hattoki ko'rib chiqilgan materialni ma'ruza davomida mustahkamlash uchun yordam beradigan matnlar formatidagi kichik-imtihonlar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin.
- o'quvchilar uchun mo'ljallangan video odatda 10-15 minut (haftasiga to'rttadan sakkiztagacha) talaba mustaqil tahlil qilish uchun qo'shimcha materiallar ilova qilinadi. Bunga gazeta va ilmiy jurnallarga yozilgan maqolalar, filmlar, kitoblar, fotografiyalar, qo'shimcha ma'ruzalar va shu kabilar kiradi.
- O'rganilganlarni ma'ruza va topshiriqlar to'plangan sahifaga ilova qilingan holda chat orqali boshqa talabalar bilan muhokama qilish mumkin.
- Kurs mualliflari tinglovchilarningmulohazalarini modellashtirishadi va boshqa talabalar bilan birgalikda muhokamada ishtirok etishadi
Turli MOOS kurslarning davomiyligi turlichadir (odatda to'rtta va undan ortiq hafta) – shunday kurslar mavjudki, unda qat'iy jadval tuzilgan, yana shunday kurslar borki, unda tinglovchilar uchun qat'iy topshirish muddati belgilanmagan, shuning uchun olti oy davomida o'qish mumkin.
Garvard professori tomonidan ishlab chiqilgan kursni muvaffaqiyatli tugatgandan keyin o'n mingdan ortiq talabalar odatda sertifikat bilan taqdirlanishadi. Ushbu sertifikat Garvardda tegishli kursni o'taganligi to'g'risidagi sertifikatga aynan o'zi bo'lib hisoblanmaydi, shu sababli kesib o'tishi kerak bo'lgan virtual finish chizig'i sifatida zarur bo'ladi.
Lekin, inson fiziologiyasining asoslarini bilish, dasturlashni o'rganish yoki maktabda o'qish davomida o'zlashtirganlarni esdan chiqargan matematikani qaytarish uchun MOOS kursning ishtirokchisi bo'lish va maqsadsiz sertifikat olish mumkin.
Bugungi kunda tarmoqdagi ta'lim jarayoniga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud bo'lganligi sababli paydo bo'lgan onlayn kurslarni rivojlantirishga qaratilgan bir nechta yo'nalishlar mavjud. Ulardan cMOOC, task-based MOOC, xMOOC kurslarni misol keltirishimiz mumkin.
Canva:
https://www.canva.com/design/DAFj6UhPTAY/pF4xu8F7tjyDsqjVfaMagA/edit?utm_content=DAFj6UhPTAY&utm_campaign=designshare&utm_medium=link2&utm_source=sharebutton
Video: https://youtu.be/evb7k0vPESM
Test: https://onlinetestpad.com/6vanezkpj7clw
Web sayt Canva:
https://www.canva.com/design/DAFj6eDDHOk/1q1VfGSkgt7164wntwTjBQ/edit?utm_content=DAFj6eDDHOk&utm_campaign=designshare&utm_medium=link2&utm_source=sharebutton

Download 22,26 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 22,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ommaviy onlayn kurslariga quyidagi atributlar xosdir

Download 22,26 Kb.