• Joriy aktivlar
  • Shu jumladan
  • Tovar moddiy zaxiralar
  • Pul mabag‘lari va qimmatli qogozlar
  • Balans aktivining jami
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet33/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mol-mulkning tarkibi

    Yil boshida

    Yil oxirida

    O‘zgarishi (+,-)

    Ming so‘m

    %

    Ming so‘m

    %

    Ming so‘m

    %

    Yil boshiga nisbatan %

    1

    Uzoq muddatli aktivlar

    251184


    73,7


    265548


    71,7


    14364


    -2,0


    5,7


    2

    Joriy aktivlar

    89545

    26,3

    104694

    28,3

    15149

    2,0

    16,9

    Shu jumladan:






















    a

    Tovar moddiy
    zaxiralar

    7946


    2,3


    12216


    3,3


    4270


    1,0


    53,7


    b


    Pul mabag‘lari va qimmatli
    qogozlar

    834

    0,2

    -

    -




    -0,2

    0,0

    d

    Debitorlar

    80765

    23,7

    92478

    25,0

    11713

    1,3

    14,5




    Balans aktivining jami:

    340729


    100


    370242


    100


    29513


    0,0


    8,7


    Ushbu jadvalda «Mustaqillik» fermer xo‘jaligining mulki, ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilingan.


    Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi, dinamika, struktura, koordinatsiya, intensivlik, samaradorlik.
    Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkichlarning darajasini taqqoslash natijasida olinadi.
    Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichni joriy yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi o‘rtachasi darajasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi.
    Reja bajarilishi nisbiy kattaligi ko‘rsatkichning hisobot davrining haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida ifodalanadi.
    Dinamika nisbiy kattaligi qandaydir vaqt oralig‘ida ko‘rsatkich- larning o‘zgarishlarini tavsiflash qo‘llanilishi uchun va joriy davr ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) darajasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur’ati deb aytiladi va odatda, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Dinamikaning nisbiy kattaliklari bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin.
    Struktura ko‘rsatkichi – bu qismning umumdagi ulushi (solishtirma salmog‘i) bo‘lib, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Misol uchun, umumiy ekin maydonida donli ekinlar solishtirma salmog‘i, korxo- naning xodimlari umumiy miqdorida ishchilarning solishtirma salmog‘i, korxonaning aktivlari shakllanishida o‘z kapitalining solishtirma sal- mog‘i va shu kabilar.
    Koordinatsiya nisbiy kattaligi bir qism va umumiy ko‘rsatkichning o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va boshqalar.
    Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutano- siblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizini oshib borishi va shu kabilar.
    Samaradorlik nisbiy kattaligi – bu foydalilikni resurslar yoki xara- jatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri kelishi va hokazo.



      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.