|
II .O’quv fanining maqsadi va vazifasi
| bet | 129/140 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #274218 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se
Fanni o’qitishdan maqsad - o’lchov birliklari bilan tanishish, SI Xalqaro birliklar tizimida ishlatilayotgan birliklar, ularning kelib chiqishi, standartlashtirish ishlari, sertifikatlashtirish tashkilotlari va ularning vazifalarini o’rganish.
Fanni vazifasi - talaba metrologiya sohasida birliklarning kelib chiqishi, ularning ishlatilishi, vazifalari, to’qimachilik sanoat korxonalarida o’lchash asboblarining metrologik xususiyati, standartlashtirishning turlari va vazifalari, standartlar va texnikaviy shartlarni ishlab chiqish tartibi, uni tasdiqlash, sertifikatlashtirish tashkilotlari, muvofiqlik sertifikati haqida ma’lumotlar, sertifikatlashtirish tizimining modellari, laboratoriyani akkreditlashtirish ishlari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdir.
«Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-metrologiya fanining rivojlanishi va ahamiyati, metrologik sohasida ishlatiladigan ta’riflar;
-o’lchashning turlari va uslublari, fizik o’lchov birliklari va ularning yuzaga kelishi;
-to’qimachilik materialshunosligida SI tizimi birliklarining qo’llanilishi;
-to’qimachilik sanoat korxonalarida o’lchash asboblarining metrologik xususiyati;
-standartlashtirish Davlat tizimi haqida tasavvurga ega bo’lishi;
-standartlashtirish turlari, standartlashtirishning asosiy qonun-qoidalari;
-standartlar va o’lchov vositalari ustidan Davlat nazorati;
-standartni tasdiqlash va Davlat ro’yxatidan o’tkazish, texnikaviy shartlarning loyihalarini ishlab chiqish;
-mahsulot sifati va unga quyiladigan talablar, sertifikatlashtirishning ahamiyati, mahsulot sertifikasiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-sertifikatlashtirish sxemalari, sertifikatlashtirishda tekshiruvchan nazorat;
-mahsulot sifatini boshqarish usullari kabi ko’nikmalariga ega bo’lishi;
-muvofiqlik sertifkati va belgisi, ishlab chiqarish va sifat tizimlarini sertifikatlashtirish;
-sertifikatlashtirish tashkilotlari, sertifikatlashtirish tashkilotlarini akkreditlashtirish to’g’risidagi malakalariga ega bo’lishi kerak.
|
| |