|
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
|
bet | 3/140 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #274218 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari fani umumkasbiy fanlar majmuasiga taalluqli bo‘lib, talabalar uni VII-VIII semestrlarda o‘rganishadi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar «Oliy matematika», «Fizika»,
«Umumiy va noorganik kimyo», «Organik kimyo» va boshqa fanlardan yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish fanidan talabalar yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari fani ishlab chiqarishni bog‘liq bo‘lib, korxona va tashkilotlarda standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda uni jahon tajribalari asosida rivojlantirishni istiqbolli rejasini amalga oshirishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish jarayonlarida jumladan, mahsulotni loyhalash, tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va foydalanishda ularni sifatini aniqlash, baholash va nazorat qilishda standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarishdaning o‘rni beqiyosdir. Ishlab chiqarish jarayonlarini o‘lchashlar, metrologiya, metrologik ta’minot va sifat nazorati bilan bog‘liq masalalarning maqbul yechimi topiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion va pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muxim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, texnologiyalar majmuasi, elektron materiallar, virtual stendlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy darslarida mos ravishdagi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
|
| |