• – jadval
  • 4. – jadval
  • 2 – rasm. Qadimiy o‘lchovlar va o‘lchash birliklari .
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,16 Mb.
    bet6/140
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #274218
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    Qadimiy uzunlik birliklari



    Uzunlik birliklarining nomlari

    Birliklarning xalqaro birliklar tizimi bo‘yicha qiymatlari

    1

    2

    3

    1

    ARPA doni = 6 ishchi ot
    yoli

    1 arpa doni = 3,472 mm = 3,472х10 3 m

    2

    barmoq = 6 arpa doni

    1 barmoq = 20,832mm = 20,832х10 3 m

    3

    Yog‘och (yig‘och) = 12000
    qadam

    1 yog‘och = 9000 m = 9 km

    4

    Ot yoli

    1 ot yoli = 0,5786 mm = 0,5786х10 3 m

    5

    Farsax

    1. 1 farsax = 12000 qadam 8500 m.

    2. 1 farsax = 9000 qadam  6000 m.

    6

    Tutam = 4 barmoq

    1 tutam = 83,328 mm = 83,328х10 3 m (O‘rta Osiyo)

    7

    Chaqirim = 1200 qadam =
    = 1200 yo‘l qari=1800 qari

    1 chaqirim = 1066 m (O‘rta Osiyo)

    8

    shar = 4000 qadam

    1 shar = 3000 m = 3 km

    9

    qadam = 1 yo‘l qari = 1,5
    qari

    1 qadam = 74,9952 mm = 0,75 m

    10

    qari = 6 tutam

    1 qari = 499,968 mm = 0,5 m

    11

    qarich

    1 qarich = 19 – 21 sm (O‘rta Osiyo)

    1

    2

    3

    12

    quloch

    1 quloch  142 sm (Buxora)
    1 quloch  167 sm (Farg‘ona)

    13

    gaz

    1 gaz = 106 – 107 sm (Xorazm, yer o‘lchash ishlarida) 1 gaz  61 sm (Xorazm, gazmol o‘lchash 1 ishlarida) 1 gaz  79 sm (Buxora, qurilish ishlarida)
    gaz  102 sm (Buxora, gazmol o‘lchash ishlarida)
    1 gaz = 68,6 – 70,7 sm (Samarqand, Toshkent, Farg‘ona)

    14

    Alchin

    1 alchin = 71 sm (O‘rta Osiyo)

    15

    Milya

    1 milya = 1609 m (AQSH, Angliya)
    1 milya = 7 versta = 7467,6 m (Rossiya)
    1 dengiz milyasi = 1852 m (Xalqaro dengizchilik ishlarida)

    16

    Versta

    1 versta = 1066,8 m (Rossiya)

    17

    Arshin

    1 arshin = 71 sm (Rossiya)

    18

    Yard

    1 yard = 3 fut = 91,44 sm (Angliya)

    19

    fut

    1 fut = 12 dyum = 30,48 sm (Rossiya, G‘arb mamlakatlari)
      1. – jadval


    Qadimiy massa birliklari



    Massa birliklarining nomlari

    Xalqaro birliklar tizimidagi qiymatlari

    1

    2

    3

    1

    ARPA doni

    0,04095 g = 0,00004095 kg (O‘rta Osiyo)

    2

    Misqol

    4,53 – 4,55 g (Xorazm, X – XIX asrlar) 4,8 g (Buxora, XVI – XIX asrlar)
    4,46 g (Samarqand, VI – VIII asrlar) 4,55 g (Farg‘ona, XIX asr)

    3

    qadoq

    409,5 g = 0,4095 kg (O‘rta Osiyo)

    4

    Kumush tosh

    1023,75 g = 1,02375 kg (O‘rta Osiyo)

    5

    Oltin tosh

    2047,50 g = 2,0475 kg (O‘rta Osiyo)

    6

    To‘rtdan bir pud

    4095,0 g = 4,095 kg (O‘rta Osiyo)

    7

    Yarim pud

    8190,0 g = 8,190 kg (O‘rta Osiyo)

    8

    pud

    16380,0 g = 16,38 kg (Rossiya)

    9

    Kichkina botmon

    131040 g = 131,04 kg (O‘rta Osiyo)

    10

    botmon

    163800 g = 163,80 kg (O‘rta Osiyo)

    1

    2

    3

    11

    Katta botmon

    262080 g = 262,08 kg (O‘rta Osiyo)

    12

    Eng katta botmon

    327600 g = 327,60 kg (O‘rta Osiyo)

    13

    G‘ichcha

    1/1024 botmon = 168 kg (Toshkent, XIX asr)

    14

    Daxsar

    1/4 botmon = 40,95 kg

    15

    O‘nimsar

    1/16 botmon = 10,2375 kg

    16

    Ilcha

    1/512 botmon  336 g (Toshkent, XIX asr)

    17

    Qop

    65 – 66 kg (O‘rta Osiyo, XIX asr)

    17

    Draxma

    1,772 g (Angliya)

    18

    Zolotnik

    4,27 g (Rossiya)

    19

    Unsiya

    16 draxma = 28,35 g (Angliya)

    20

    Funt

    453,6 g (Angliya)
    409,5 g (Rossiya)
      1. – jadval


    Qadimiy hajm birliklari



    Nomi

    SI tizimi birliklari
    bo‘yicha qiymati



    Nomi

    SI tizimi birliklari bo‘yicha qiymati

    1

    Mudd

    1,055 litr

    14

    Milva

    4,225 litr

    2

    Osham

    15 – 20 sm3

    15

    Tomchi

    0,05 ml

    3

    Osh qoshiq

    15 – 20 sm3

    16

    Filj

    311 litr

    4

    Piyola

     0, 4 litr

    17

    Xarruba

    0,129 litr

    5

    Puta

    9,3 dm2

    18

    Xuplam

    15...20 ml

    6

    Savray

     1,5 litr

    19

    Qayl

    22,08 litr

    7

    sanoch

     1,5 litr

    20

    Chetvert

     3 litr (Rossiya)

    8

    sarjin

    0,5x1x2m3 = 1m3

    21

    Barrel

    159 litr

    9

    Ashir

    6 litr

    22

    Bushel

    36,37 litr (Angliya)
    35,24 litr (AQSh)

    10

    Birshola

    8,5 litr

    23

    Vedro

    12,3 litr (Rossiya)

    11

    Laux

    520 litr

    24

    Gallon

    4,546 litr (Angliya)
    3,785 litr (AQSh)

    12

    Maxtum

     17 litr

    25

    Pinta

    0,568 litr (Angliya)
    0,473 litr (AQSh)

    13

    Metre

    10,3 litr

    4. – jadval


    Qadimiy yuza birliklar





    Yuza birliklarining
    nomlari

    Xalqaro birliklar tizimidagi qiymatlari

    1

    Tanob

    4037 – 4097 m2 (Xorazm)
    2731 – 2845 m2 (Buxora, Samarqand, Surxondaryo) 1821 m2 (Farg‘ona, Toshkent, Chimkent)

    2

    Akr

    4046,9 m2 (Angliya)

    3

    Desyatina

    10925,4 m2 (Rossiya)



    2 – rasm. Qadimiy o‘lchovlar va o‘lchash birliklari.



    3 rasm. Odam tanasi a’zolariga asoslangan o‘lchash birliklari.
    Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar
    Metrologiyada sohasida ishlatiladigan ayrim tushunchalar va ularning ta’riflarini quyida keltirib o‘tamiz:
    Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’inlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan.
    Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi.
    Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo‘yicha milliy idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan metrologiya qismi.
    Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi metrologiya bo‘limi.
    Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.
    Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy ob’yekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
    Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
    Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.
    O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
    Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.
    Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) – kattalikning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchashlar vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui.
    Birlamchi etalon – birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
    Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon.
    Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
    Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
    Nusхa – etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
    Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun mo‘ljallangan etalon.
    Xalqaro etalon – milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos sifatida qabul qilingan etalon.
    Milliy etalon – mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon.

    Download 1,16 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,16 Mb.