|
– rasm. Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holatiga aylantiruvchi
|
bet | 35/140 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 1,16 Mb. | | #274218 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se – rasm. Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holatiga aylantiruvchi
va aks ta’sir etuvchi momentlarning ta’siri.
Asbob dinamik rejimda ishlaganida, boshqacha aytganda asbob ko‘rsatkichi (surilishida) joyidan qo‘zg‘alayotganida, yuqorida aytilgan aylantiruvchi va aks ta’sir etuvchi momentlardan tashqari boshqa momentlar ham hosil bo‘ladi. Bu momentlar qo‘zg‘aluvchan qismning inertsiya momentidan, tashqi muhit qarshiligidan va metall elementlari bo‘lgan holda hosil bo‘ladigan uyurma tok va hokazolardan vujudga keladi.
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanganida vujudga keladigan va uning harakatini tinchlantirishga intiluvchi moment – tinchlantiruvchi moment deyiladi:
MT = R(d/dt)
Bu moment tinchlantirish koeffitsienti R ga va qo‘zg‘aluvchan qismning burchakli tezligiga d/dt proporsionaldir. Tinchlantiruvchi moment ma’lum darajada asbobning muhim ekspluatatsion parametrlaridan biri – tinchlanish vaqtini belgilaydi.
Magnitoelektrik o‘lchash asboblari
– rasm. Magnitoelektrik o‘lchash asbobining to’zilish sxemasi va xossalari.
Elektromagnit o‘lchash asboblari
– rasm. Elektromagnit o‘lchash asbobining to’zilish sxemasi va xossalari.
Elektrodinamik o‘lchash asboblari
– rasm. Elektrodinamik o‘lchash asbobining to’zilshi va xossalari.
O‘lchash asboblariga maxsus shartli belgilar chizilgan bo‘ladi va bu belgilar asosida o‘lchash asbobining muhim fazilatlari borasida kerakli ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Quyida shu belgilarning asosiylarini keltirib o‘tamiz.
Asosiy o‘lchash birliklari va ularning karrali va ulushli qiymatlari:
kА, kV, mA, mV, W, MW, Nz, kHz va hokazolar;
O‘lchash zanjiridagi tokning turi:
– o‘zgarmas tok zanjirida ishlaydi;
ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas tok zanjirida ishlaydi.
Xavfsizligi: Beshqirrali yulduzcha chizilgan bo‘lib, agar uning ichida hech qanday raqam bo‘lmasa, u holda 500 voltli kuchlanish ostida sinalgan bo‘ladi. Agar, raqam yozilgan bo‘lsa, masalan 2, bunda asbob 2000 volt kuchlanishida sinalgan bo‘ladi.
Foydalanish holati:
– vertikal holatda joylashtiriladi, gorizontal holatda joylashtiriladi; 60° – qiya holatda joylashtiriladi.
|
| |